» » Denge bezgagini boshidan o‘tkazganlarda COVID-19’ga qarshi immunitet borligi aniqlandi

Denge bezgagini boshidan o‘tkazganlarda COVID-19’ga qarshi immunitet borligi aniqlandi


Denge bezgagini boshdan o‘tkazganlar muayyan darajada COVID-19’ga qarshi immunitetga ega bo‘lishi mumkin. Bu haqda AQShning Dyuk universiteti professori Migel Nikolelis tomonidan olib borilgan va hali e’lon qilinmagan tadqiqotga asoslanib, Reuters xabar bermoqda.

Olim, xususan, koronavirus va denge bezgagi tarqalishini geografik prinsip bo‘yicha taqqoslagan. Taqqoslash natijasida 2019 va 2020-yilda denge bezgagi avj olgan hududlarda koronavirus infeksiyasi kamroq tarqalganini aniqlagan. Bu denge bezgagi bilan kasallanib chiqqanlarda COVID-19’ga qarshi qisman antitana ishlab chiqiladi, degan xulosaga kelish imkonini beradi.

Nikolesisning aytishicha, agar bu gipoteza rost bo‘lib chiqsa, denge bezgagi bilan kasallanish yoki dengega qarshi samarali va xavfsiz vaksina bilan immunizatsiyalash koronavirusga qarshi muayyan darajada immunologik himoyani ta’minlashi mumkin.

Bundan tashqari, professor avval o‘tkazilgan tadqiqotlar ham denge bezgagi bilan kasallanib tuzalganlardan olingan tahlillar COVID-19 antitanasiga soxta ijobiy natija ko‘rsatganligini eslatib o‘tgan. Olimning fikricha, bu ikki virus turli oilalarga tegishli bo‘lsa-da, ularning immunologik bog‘liqligidan dalolat berishi mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют