» » Gondurasda Denge bezgagidan vafot etganlar soni 155 nafarga yetdi

Gondurasda Denge bezgagidan vafot etganlar soni 155 nafarga yetdi


Gondurasda yil boshidan buyon 155 nafar odam Denge bezgagi kasalligi asoratlari sabab vafot etdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Gonduras sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Roberto Kosensining so‘zlariga ko‘ra, Denge epidemiyasi mamlakatda 43 haftadan beri davom etmoqda. Kasallikka chalinish holati 94 ming nafar mahalliy aholi vakilida kuzatilgan, ularning 18 ming nafari Dengening o‘tkir formasi bilan kasallangan. Vafot etganlarning 53 foizini besh yoshdan to‘qqiz yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil qiladi.

Mavzuga doir: Filippinda Denge bezgagi qurbonlari soni 800 kishidan oshdi

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, Gonduras shifoxonalari Denge bilan kasallanish holatlariga qarshi kurasha olmayapti. Mamlakat hukumati bu oxirgi 50 yil ichida Gondurasda kuzatilgan eng yomon vaziyat ekanligini ta’kidlagan.

Mavzuga doir: Singapurda Denge bezgagidan o‘lish ko‘rsatkichi yuqori darajaga yetdi

Denge — virusli infeksiya bo‘lib, tropik va subtropik hududlarda nisbatan keng tarqalgan. Bemorda yuqori harorat, ko‘ngil aynishi, bosh va bel og‘rig‘i, toshmalar kuzatiladi. Hozirda Denge bezgagiga qarshi vaksina yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2019, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 122) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют