» » Joze Mourinyo murabbiylik faoliyatidagi esdan chiqmaydigan mag‘lubiyati qaysi ekanligini aytdi

Joze Mourinyo murabbiylik faoliyatidagi esdan chiqmaydigan mag‘lubiyati qaysi ekanligini aytdi


“Tottenhem” bosh murabbiyi Joze Mourinyo murabbiylik faoliyatidagi unutilmas mag‘lubiyatni yodga oldi.

Agar eng yomon vaziyatni tanlashga to‘g‘ri kelsa, unda “Real”ning Chempionlar Ligasi 2011/12-yilgi mavsumi yarim finalidagi (“Bavariya”ga penaltilar seriyasida yutqazgan) muvaffaqiyatsizlikni aytgan bo‘lardim.

Biz, shubhasiz, Yevropaning eng yaxshi jamoasi edik. Rekord miqdorda ochko yig‘ib va gol urib, La Liga chempionligini qo‘lga kiritgandik. O‘shanda Chempionlar Ligasi finalida g‘olib chiqardik, bunga ishonchim komil.

Ammo eng alam qiladigani o‘sha penaltilar seriyasida Krishtianu Ronaldu, Kaka va Serxio Ramos ishtirok etgandi (ularning hech biri gol ura olmagan — izoh “Daryo”).

Bu bir qarashda penaltini golga aylantirish uchun kafolatdek ko‘ringandi, biroq hech qachon xato qilmaydigan o‘yinchilarning muvaffaqiyatsizligi meni cho‘ktirib yuborgandi.

Joze Mourinyo, “Tottenhem” bosh murabbiyi

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasi 2011/12-yilgi mavsumi finalida “Bavariya” penaltilar seriyasiga ko‘ra “Chelsi”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 11:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют