» » Kanadada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi

Kanadada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi


Kanadada koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlandi va izolyatsiya borasidagi tavsiyalarga amal qilinmasa, vaziyat yomonlashishi mumkin. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Jastin Tryudoga tayanib, Reuters xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ikkinchi to‘lqin Kanadaning to‘rtta yirik provinsiyasida boshlangan.

“Biz bahordagidan ham yomonroq bo‘lishi mumkin bo‘lgan qulash yoqasida turibmiz. Ikkinchi to‘lqinni nazorat ostiga olish imkoniyatimiz bor. Buni amalga oshira olishimizni bilaman”, — deydi bosh vazir.

Tryudoning ta’kidlashicha, koronavirus sababli mamlakatda 13-mart kuni lokdaun e’lon qilinganda kuniga 47 ta yangi kasallanish qayd qilingan bo‘lsa, 22-sentabrning o‘zida bunday holatlar mingdan ko‘proqni tashkil qilgan.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, ushbu vaziyatni o‘zgartirish mumkin, biroq buning uchun Kanadaning barcha aholisi niqoblar taqishi, ijtimoiy masofaga rioya qilishi va grippdan emlanishi zarur. Shuningdek, u Kanadada oktabrda nishonlanadigan Shukronalik kunini katta ko‘lamda o‘tkazishning iloji bo‘lmasligi, biroq Rojdestvoda buning imkoni bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.

Kanada hukumatining ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat koronavirus bilan kasallanganlar soni 147 753 kishiga yetgan.

Avvalroq Turkiya va Ukrainada ham koronavirusga chalinish holatlari ortgani sabab karantin cheklovlari yana kuchaytirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Armanistonda esa karantin choralari 11-yanvarga qadar uzaytirilgan. Chexiya va Avstriyada ham koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlangan.

Mavzuga doir: Turkiyada koronavirus o‘zining ikkinchi cho‘qqisiga chiqqani ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют