» » Gruziya bosh vaziri mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qildi

Gruziya bosh vaziri mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qildi


Gruziya bosh vaziri Georgiy Gaxariya hukumat yig‘ilishida koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanganini va vaziyat rasmiylar tomonidan nazorat qilinishini aytdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

“Bugun aniqlangan 57 ta va kecha qayd etilgan 44 ta kasallanish holati mamlakatda epidemiologik vaziyat asta-sekin o‘zgarib borayotganidan dalolat beradi.

Kutilganidek ikkinchi to‘lqin boshlandi. Biz jarayon kuzda boshlanishini taxmin qilgandik va shunday bo‘ldi. Asosiysi, vahima qilishga asos yo‘q, chunki biz vaziyatni to‘liq nazorat qilamiz”, – dedi bosh vazir.

Gruziyada 10-sentabr kuni 57 kishida koronavirus aniqlanib, kunlik rekord yangilandi.

Jons Hopkins universiteti 10-sentabr soat 18:00 da bergan ma’lumotiga ko‘ra, Gruziyada koronavirusga chalinganlar soni 1830 nafarni tashkil qilmoqda. Bemorlarning 1334 nafari sog‘aygan, 18 nafari esa vafot etgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 09:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 20) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют