» » Rossiyalik epidemiolog mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini qachon sodir bo‘lishini taxmin qildi

Rossiyalik epidemiolog mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini qachon sodir bo‘lishini taxmin qildi


Rossiyada koronavirus infeksiyasining ikkinchi to‘lqini oktabr oyida boshlanadi. Ikkinchi to‘lqindagi bemorlar yozda COVID-19’ga chalinganlardan ko‘ra kasallikni og‘ir o‘tkazadi. Bu haqda Rossiya tibbiyot fanlari doktori, epidemiolog va virusli infeksiyalarni nazorat qilish va oldini olish bo‘yicha mutaxassis Mixail Favorov ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.

“Hozir kasal bo‘lganlar qishning boshida kasal bo‘lganlardan ko‘ra yaxshiroq imkoniyatga ega”, – dedi Favorov.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, hozirgi kunda odamlar kasallikni nisbatan yengil o‘tkazadi. Chunki quyosh ultrabinafsha nurlari ta’sirida virus yozda juda sust va kamroq tajovuzkor bo‘ladi.

“Hozir qancha ko‘p odam kasal bo‘lsa, kasallik og‘ir kechadigan mavsumda shuncha kam odam virus yuqtiradi”, – dedi epidemiolog.

Ta’kidlanishicha, mavsumiy to‘lqinlar barcha nafas yo‘llari infeksiyalarida keng tarqalgan. Favorovning so‘zlariga ko‘ra, Moskvada kasallar sonining ko‘payishi asta-sekin boshlanadi va shahar aprel oyining statistikasiga noyabr yoki yanvardan oldinroq yana qaytadi, shundan so‘ng epidemiya ko‘lami biroz pasayadi.

Jons Hopkins universitetining 10-avgust soat 10:00 da bergan ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyada jami 885 718 nafar kishida koronavirus aniqlangan. Bemorlarning 692 059 kishi sog‘aygan, 14 903 nafari esa vafot etgan.

Avvalroq Rossiyada vaksina sinovi yakunlangani va ommaviy emlash oktabrda boshlanishi, shuningdek, mamlakatda har oyda millionlab doza vaksina ishlab chiqarilishi haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют