» » “Chelsi” futbolchisi “Barselona”ning asosiy transfer maqsadiga aylandi

“Chelsi” futbolchisi “Barselona”ning asosiy transfer maqsadiga aylandi


Kataloniyaning “Barselona” klubi transferlar oynasi yopilgunga qadar “Chelsi” futbolchisi Antonio Ryudigerni sotib olmoqchi, deb yozmoqda Kicker.

Ta’kidlanishicha, germaniyalik futbolchi Kataloniya klubining asosiy transfer maqsadiga aylangan. Shuningdek, Ryudigerning xizmatlariga uning sobiq klubi “Roma”dan ham qiziqish bor. Qayd etish joiz, Antonio 2015—2017-yillarda rimliklar sharafini himoya qilgan.

Avvalroq London klubi Ryudiger bilan shartnomasini uzaytirmoqchi edi. Biroq Frenk Lempard sabab klubning pozitsiyasi ham o‘zgargan. Ya’ni “Chelsi” himoyachini sotib yuborishga qarshi emas.

Ryudiger o‘zi esa Germaniya terma jamoasi bilan Yevropa chempionatida ishtirok etishni va bu yo‘lda klubda doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohlamoqda.

Futbolchi Angliya Premyer Ligasining 2020/21-yilgi mavsumi doirasida dastlabki ikkita turda “Chelsi” safida maydonga tushmadi.

Ma’lumot uchun, 2017-yildan beri London klubi sharafini himoya qilayotgan Ryudiger hozirgacha jamoa uchun 115 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 13:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют