» » Hamzat Chimayev rekord qayd etganiga qaramay UFC’ning yangilangan reytingiga kira olmadi

Hamzat Chimayev rekord qayd etganiga qaramay UFC’ning yangilangan reytingiga kira olmadi


O‘rta vazn toifasida UFC jangchisi Hamzat Chimayev o‘tgan haftada rekord o‘rnatganiga qaramay promoushen yangilangan reytingidan joy olmadi.

Vaznidan qat’i nazar eng kuchli jangchilar ro‘yxatida Toni Fergyuson ikki pog‘ona yuqorilab, 12-o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, kuchli uchlikda o‘zgarish qayd etilmadi. Avvalgi reytinglarda bo‘lgani kabi Jon Jons, Habib Nurmagomedov va Stipe Miochich kuchli uchlikdan o‘rin olgan.

Yengil vazn toifasidagi jangchilar reytingida esa avvalroq uchinchi bor faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan Konor Makgregor Den Hukerdan ortda qolib, beshinchi o‘ringa tushib ketgan. Shuningdek, yarim o‘rta vazn toifasida Kolbi Kovington Gilbert Byornsdan ilgarilab, birinchi o‘ringa ko‘tarilgan.

Qayd etish joiz, 26 yoshli Chimayev 32 yoshli Mershertni 17 soniya ichida nokautga uchratib, tezkor nokautlar borasida UFC tarixida (o‘rta vazn toifasidagi) uchinchi eng yaxshi natijani qayd etdi. Faqat Mark Veyr (10 soniya) va Terri Martin (14 soniya) raqiblarini undan tezroq nokautga uchratgan.

Hamzat 16-iyul kuni UFC on ESPN 13 musobaqasida promoushendagi debyutini o‘tkazgan. Unda shvetsiyalik sportchi Jons Fillipsni og‘ritish usuli bilan taslim etdi. Shuningdek, UFC Fight Island 3 musobaqasida Hamzat Ris Makkini 3 daqiqa ichida nokautga uchratgandi.

Hamzat Chimayev ishtirokidagi janglarni bu yerda ko‘rish mumkin ? havola.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют