» » Qozog‘istonning to‘rtta hududida parranda grippi tarqaldi

Qozog‘istonning to‘rtta hududida parranda grippi tarqaldi


Qozog‘iston shimolida yuqori patogenli parranda grippi tarqalgani to‘g‘risida xabar berilgandi. “Xabar 24” teledasturida ma’lum qilinishicha, mamlakatning to‘rtta hududida parranda grippi tarqalayotgani rasman tasdiqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘lim shimoldan janubga ko‘chib yuradigan yovvoyi qushlarda boshlangan. Infeksiya umumiy suv havzalari orqali tarqalgani aytilmoqda. Fabrikalarda va shaxsiy tomorqalarda hammasi bo‘lib 54 ming parranda nobud bo‘lgan. Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi ularning egalariga tovon puli to‘lanishi, buning uchun taxminan 390 million tenge (913 ming AQSh dollari) ajratilishi haqida aytgan.

Mamlakatning beshta mintaqasidagi 47 ta aholi punktida qushlarning ommaviy qirilishi kuzatilgan. Parranda grippi Aqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar va Kostanay viloyatlarida rasman tasdiqlangan. Qarag‘anda viloyatida ham ushbu holat kuzatilmoqda.

Eng katta zarar Shimoliy Qozog‘istondagi parrandachilik fermalariga to‘g‘ri kelgan. U yerda 41 ming bosh parranda nobud bo‘lgan. Ushbu mintaqadagi 23 ta aholi punktida parranda grippi rasman tasdiqlangan. Hozirda u yerda infeksiya yuqtirgan parrandalar utilizatsiya qilinmoqda.

Shuningdek, Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligining xabar berishicha, 1,4 million vaksina ajratgan va hozirda ular deyarli 5 million qush uchun yuborilgan. Bundan tashqari, yana bir million vaksina 3,5 million bosh parranda uchun jo‘natilgan. Hozirda Shimoliy Qozog‘istonning o‘zida 79 kishi bu holat bo‘yicha ishlamoqda.

Avvalroq Xitoyda koronavirus epimarkazi yaqinidagi hududda parranda grippi tarqalgani, Saudiya Arabistoni va Vyetnamda yuqori patogenli parranda grippi aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют