» » O‘zbekistonda COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat murakkablashsa, og‘irlashishda davom etsa, karantin cheklovlari qaytarilishi mumkin

O‘zbekistonda COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat murakkablashsa, og‘irlashishda davom etsa, karantin cheklovlari qaytarilishi mumkin


O‘zbekistonda COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat murakkablashsa, og‘irlashib borsa, yana karantin choralari qaytarilishi mumkin. Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Respublika maxsus komissiyasi va Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: Nurmat Otabekov: Karantin falonchi sanada qaytar ekan, degan fikrni aylantirgandan ko‘ra cheklovlarga jiddiy e’tiborda bo‘lish kerak

Bugungi kunda karantin choralarini kuchaytirish uchun jiddiy sabablarni ko‘rmayapman. Ammo so‘nggi vaqtda bizda har kuni koronavirus bilan kasallanish bilan bog‘liq 600 tadan ko‘proq holat qayd etilmoqda. U karantin tadbirlarining yumshatilishi, epidemik barqaror bo‘lmagan hududlardan vatandoshlarimizning kelishi, shu bilan birga odamlarimizning karantin bekor qilinmagan, balki yumshatilganini unutib, o‘zlari xohlagandek yurgani bilan bog‘liq. Respublikamiz aholisi ham muayyan oddiy majburiyatlarga rioya qilishi kerak. Agar biz kelgusida ham epidemik vaziyatning murakkablashishiga sababchi bo‘laversak, hukumat bir qator cheklov tadbirlari, jumladan, shu vaqtgacha 2 marta qilinganidek, qat’iy karantin choralarini ham tatbiq etishi mumkin. Biz hammasi o‘zimizga bog‘liqligini unutmasligimiz kerak. Niqoblarni talab darajasida taqish, jamoat joylarida ijtimoiy masofa saqlash, antiseptiklardan foydalanish hamda qo‘llarni tez-tez yuvishni unutmasliklari kerak.

Nurmat Otabekov, Respublika maxsus komissiyasi va Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi 

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan O‘zbekistonda 15-avgustdan boshlab karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilgan. Xususan, avtomobillarning kun davomida harakatlanishiga, mahalliy avia va temiryo‘l qatnoviga, xususiy bog‘cha va maktablar faoliyatiga, 30 kishilik to‘ylarni o‘tkazishga ruxsat berilgan. 17-avgustdan viloyatlar o‘rtasida avtotransport qatnovi hamda jamoat transporti (metropolitendan tashqari) va shahar atrofidagi avtobus qatnovi tiklanadi, masjidlar qayta ochildi. 20-avgustdan buyum bozorlari va savdo majmualari qayta ishga tushdi. 

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют