» » Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi: Karantin choralarini yumshatilishi paxta mavsumi bilan bog‘liq emas

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi: Karantin choralarini yumshatilishi paxta mavsumi bilan bog‘liq emas


Koronavirusning keng tarqalib ketishini oldini olish maqsadida yetti mingga yaqin qo‘shimcha o‘rinlar tayyorlab qo‘yilgan. Bu haqda koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova “Shifobaxshuz” kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Karantin choralarini yumshatilishining sababi, ayni vaqtga kelib sog‘liqni saqlash tizimi kasallikka kurashi kurashga tayyor bo‘ldi. Agar kasallik ortib ketsa ham, bunga tizimni kuchi yetadi. Qo‘shimcha 6700 ta shifo o‘rinlari tayyorlab, moddiy texnika bilan jihozlangan. Uch mingga yaqin malakali shifokorlar qo‘shimcha kuch sifatida tayyorgarlikdan o‘tkazildi”, – dedi mutaxassis.

Abdusamatovaning qo‘shimcha qilishicha, karantin choralarini yumshatilishi paxta mavsumi bilan bog‘liq emas.

Avvalroq, Respublika maxsus komissiyas a’zosi Nurmat Otabekov karantin falonchi sanada qaytar ekan, degan fikrni aylantirgandan ko‘ra cheklovlarga jiddiy e’tiborda bo‘lish kerakligi haqida aytib o‘tgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan O‘zbekistonda 15-avgustdan boshlab karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilgan. Xususan, 15-avgustdan boshlab avtomobillarning kun davomida harakatlanishiga, mahalliy avia va temiryo‘l qatnoviga, xususiy bog‘cha va maktablar faoliyatiga, 30 kishilik to‘ylarni o‘tkazishga ruxsat berilgan. 17-avgustdan viloyatlar o‘rtasida avtotransport qatnovi hamda jamoat transporti (metropolitendan tashqari) va shahar atrofidagi avtobus qatnovi tiklanadi, masjidlar qayta ochildi. 20-avgustdan buyum bozorlari va savdo majmualari qayta ishga tushdi. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 18:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют