» » “Holatni juda yaxshi deb aytolmayman”. Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi kasallikka chalinishlar soni ortayotganiga izoh berdi

“Holatni juda yaxshi deb aytolmayman”. Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi kasallikka chalinishlar soni ortayotganiga izoh berdi


Hozirgi vaqtda o‘zini-o‘zi yakkalash tartibidan o‘zini-o‘zi himoyalash tartibiga o‘tilishi kerak. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova «Shifobaxshuz» Telegram kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Suhbat davomida Barno Abdusamatovaning ma’lum qilishicha, dunyo bo‘yicha pandemiyaning ilk bosqichlarida kasallanganlar soni 100 ming nafarga yetishi uchun hafta kerak bo‘lsa, hozir esa bu raqam soatlar ichida qayd etilmoqda.

“Mamlakatimizdagi hozirgi holatni juda yaxshi deb aytolmayman. Chunki ma’lumotlarga qaraydigan bo‘lsak, sentabrning ilk kunida 343 nafar bemor qayd etilgan bo‘lsa, 9-centabrda bu ko‘rsatgich qariyb 406 nafarga oshdi. Odamlar, jumladan, bolalar ancha vaqt uyda bo‘ldi, endilikda karantindan chiqqanligi sababli ko‘pchilikda bemalollik kuzatilmoqda. Karantin choralari yumshatilganidan keyin bozorlar, istirohat bog‘lari, dam olish maskanlari ish boshladi. Aholimiz o‘sha joylarga o‘zlari va farzandlari bilan tezroq borishni, ya’ni avvalgi hayot tarzidek yurishni xohlamoqda, shuningdek, maktablarda yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan aholi o‘rtasida o‘zaro muloqotning ko‘payishi, o‘z navbatida, koronavirus xavfini ham kuchaytiradi”, – dedi shtab a’zosi.

Uning ta’kidlashicha, hozirgi davrda o‘zini-o‘zi yakkalash tartibidan o‘zini-o‘zi himoyalash tartibiga o‘tilishi kerak.

“Unutmasligimiz kerakki, atrofimizda koronavirus bor ekan, biz unga ko‘nikib yashashni o‘rganishimiz lozim Bu juda oddiy. Ijtimoiy masofani saqlash, uydan tashqarida niqob taqish, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, turmush tarzimizni o‘zgartirib, tibbiy madaniyatimizni oshirishimiz, sog‘lom turmush tarzini olib borishimiz zarur”, – dedi mutaxassis.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 9-sentabr soat 23:30 dan 10-sentabr soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 749 ta holat qayd etilgan va bu so‘nggi 39 kun ichidagi eng yuqori natija bo‘lgan edi. 10-sentabr kuni esa 749 kishida koronavirus aniqlangan va bu ko‘rsatgich eng ko‘p kasallik aniqlangan kunlar orasidagi uchinchi natija bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 18:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют