» » “O‘zbekiston hech qachon bu yo‘lni tanlamaydi” — ommaviy immunitet haqida Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi izoh berdi

“O‘zbekiston hech qachon bu yo‘lni tanlamaydi” — ommaviy immunitet haqida Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi izoh berdi


Koronovirusga nisbatan ommaviy immunitet shakllanishi uchun aholining 60 foizdan 80 foizgacha qismi kasallanib, sog‘ayishi kerak. Bu haqda 26-avgust, chorshanba kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ma’lum qildi.

Barno Abdusamatovaning alohida ta’kidlashicha, ommaviy immunitetni shakllantirish uchun ko‘plab odamlarning hayotini, ayniqsa xavf guruhiga kiruvchi: surunkali kasalliklari bor, yoshi kattalar, homiladorlar va bolalarni xavf ostiga qo‘yishimiz mumkin.

“Ko‘p odamlarning kasallanishi, davolanishi va immunitet hosil qilishi uchun bir necha yillar kerak bo‘ladi. Shuningdek, epidemiyaning oldini olmasak, infeksiya tarqalishi rivojlanib ketadi. Oqibatda kasallanish holatlari oshib ketadi, buning natijasida klinikalarda bemor ko‘payib, sohaga bosim ortadi, o‘lim soni ortadi. Shuning uchun ushbu yo‘lni O‘zbekiston hech qachon tanlamaydi. Aksincha, pandemiyani nazoratda ushlab turib, ko‘p vaqt davomida kamroq odamlar kasal bo‘lishiga erishishimiz mumkin. Shu davr ichida esa vaksina masalasi ham hal bo‘lishi mumkin”, — dedi mutaxassis.

Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturlari direktori Maykl Rayan jamoaviy, ya’ni kollektiv immunitet COVID-19’ni yengib o‘tilishini anglatmasligini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют