» » O‘zbekistonda karantin qayta joriy qilinishi mumkinmi? Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi javob berdi

O‘zbekistonda karantin qayta joriy qilinishi mumkinmi? Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi javob berdi


O‘zbekistonda 15-avgustdan boshlab karantin cheklovlari yengillashtirildi. AOKA huzurida tashkil etilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova karantin cheklovlari yumshatilishi uni bekor qilinganini anglatmasligini ta’kidlab o‘tdi.

“Karantin cheklovlarini yengillatish u bekor qilinganini anglatmaydi.

Koronavirus infeksiyasi epidemiyasining oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni individual himoya choralariga qat’iy rioya qilishda davom etishga chaqiradi. Jumladan:

Shu kunlarda Respublika maxsus komissiyasi yuqorida ta’kidlangan qoidalarga rioya qilmaslik kasallik sonining takror oshishiga olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu esa o‘z navbatida qat’iy karantin cheklovlarini qayta joriy etishga sabab bo‘lishi mumkin”, — deydi Barno Abdusamatova.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 23-martdan e’tiboran ommaviy tadbirlar, xususan, to‘y-marosimlarning o‘tkazilishi taqiqlangan edi. Ushbu taqiqdan so‘ng to‘y marosimlarini o‘tkazishga uringanlarga nisbatan hatto jinoyat ishi ham qo‘zg‘atildi. Mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashib, nisbatan nazorat ostiga olingach, Respublika maxsus komissiyasining 30-maydagi qarori bilan “yashil” toifaga kiritilgan hududlarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazishga ruxsat berildi.

Mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskinlashayotgani sababli 10-iyuldan boshlab mamlakatda to‘ylarni o‘tkazish yana taqiqlangandi. O‘zbekistonda karantin yumshatilishi asnosida, 15-avgustdan boshlab 30 kishilik to‘ylar o‘tkazilishiga, mahalliy avia va temiryo‘l qatnovlariga ruxsat berilgan. Shuningdek,  17-avgustdan masjidlar ochilishi ham ko‘zda tutilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют