» » “Karantin yumshatilishi u bekor qilinganini anglatmaydi” — Maxsus komissiya murojaat bilan chiqdi

“Karantin yumshatilishi u bekor qilinganini anglatmaydi” — Maxsus komissiya murojaat bilan chiqdi


Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekistonda karantin choralari yumshatilayotgani munosabati bilan fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.

Avvalo, mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha fuqarolarga 2020-yil 10-iyuldan buyon joriy etilgan karantin cheklovlariga qat’iy va intizomli ravishda rioya etganlari uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildirmoqchimiz.

Bu koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq holatni barqarorlashtirish imkonini yaratdi.

15-avgustdan boshlab mamlakatimizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarning barqaror ishlashini ta’minlash, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida karantin cheklovlari yumshatilmoqda.

Karantin qoidalarini yumshatish uni bekor qilishni anglatmaydi. Kasallanishlar soni ko‘payishining oldini olish maqsadida komissiya fuqarolar tomonidan shaxsiy himoya choralariga qat’iy rioya qilishni davom ettirishlarini so‘raydi. Shu jumladan:

Ushbu qoidalarga amal qilmaslik kasallikning qayta avj olishiga va natijada qattiq karantin choralari takroran kuchga kiritilishiga olib kelishi mumkin.

Respublika maxsus komissiyasi

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 23-martdan e’tiboran ommaviy tadbirlar, xususan, to‘y-marosimlarning o‘tkazilishi taqiqlangan edi. Ushbu taqiqdan so‘ng to‘y marosimlarini o‘tkazishga uringanlarga nisbatan hatto jinoyat ishi ham qo‘zg‘atildi. Mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashib, nisbatan nazorat ostiga olingach, Respublika maxsus komissiyasining 30-maydagi qarori bilan “yashil” toifaga kiritilgan hududlarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazishga ruxsat berildi.

Mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskinlashayotgani sababli 10-iyuldan boshlab mamlakatda to‘ylarni o‘tkazish yana taqiqlangandi. O‘zbekistonda karantin yumshatilishi asnosida, 15-avgustdan boshlab 30 kishilik to‘ylar o‘tkazilishiga, mahalliy avia va temiryo‘l qatnovlariga ruxsat berilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 123) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют