» » Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi: O‘zbekistonda kasallik 7-18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘p uchramoqda

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi: O‘zbekistonda kasallik 7-18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘p uchramoqda


Yosh bolalarga koronavirus infeksiyasi haqida gapirib berish shart. Bu haqda 8-sentabr kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ma’lum qildi.

Anjumanda Barno Abdusamatovaning aytib o‘tishicha, O‘zbekistonda bolalar orasida kasallik 7-18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘p uchramoqda. Umumiy kasallanish ko‘rsatkichining 55 foizini bolalar tashkil etadi.

“Koronavirus yuqishining oldini oluvchi dorilar yo‘q. Lekin bolalar orasida sog‘lom turmush tarzini, kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish hamda barcha sanitariya gigiyena qoidalariga amal qilish orqali immunitetni oshirish mumkin”, – dedi mutaxassis.

Barno Abudusamatovaning ta’kidlashicha, yosh bolalarga koronavirus infeksiyasi haqida gapirib berish shart.

“Birinchidan, ular bu kasallikning oldini olish uchun nimalar qilish kerakligini to‘g‘ri anglab yetishlari kerak. Ikkinchidan, ular hozirgi kunda uyda o‘tirib OAV orqali kasallik statistikasi hamda o‘lim holatlari haqida eshitadi va bu ma’lumotlar ular ruhiyatiga noto‘g‘ri ta’sir qilishi mumkin. Bolalar kattalarga bildirmasalar ham kasallikning eng yomon oqibatidan juda qo‘rqadi hamda o‘z oila a’zolari uchun qattiq xavotirlanadi”, – dedi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bolalarga hozirgi vaziyatda qo‘llanilishi kerak bo‘lgan profilaktik ishlarni to‘g‘ri bajarish zarurligi, uyda qolish hamda bunday vaziyatda biz nafaqat o‘zimizni, balki oilamizga ham g‘amxo‘rlik qilishimiz kerakligini va bunda uning ham o‘z hissasi borligini to‘g‘ri tushuntirishimiz kerak.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют