» » O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kasallik barcha holatda yengil o‘tgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kasallik barcha holatda yengil o‘tgani ma’lum qilindi


Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova O‘zbekistonda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda koronavirus infeksiyasi holatlari nisbatan kam qayd etilgani, barcha holatlar yengil shaklda kechganini ma’lum qildi.

Mutaxassis, shuningdek, koronavirusga chalingan ayollardan tug‘ilgan chaqaloqlarda koronavirus infeksiyasiga tekshiruv o‘tkazilishi borasidagi masalaga aniqlik kiritgan.

“Yangi tug‘ilgan chaqaloqni koronavirus infeksiyasiga tekshiruv tug‘ilgandan so‘ng 12-24 soat o‘tgach amalga oshiriladi. Natijalarni tasdiqlash uchun takroriy test 24 soatdan keyin qilinadi. Tekshiruv uchun biomaterial sifatida burun-halqum yoki og‘iz-halqumdan surtma olinadi”, — deydi Abdusamatova.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq koronavirusga chalingan ahvoli og‘ir yoki o‘ta og‘ir homiladorlar muddatiga qaramay tug‘dirilishi kerakligi, homiladorlarning isitmasi ko‘tarilsa, u COVID-19 bilan kasallangan yoki kasallanmaganidan qat’i nazar statsionarga yuborilishi shartligi, O‘zbekistonda tug‘ruqxonaga kelayotgan homilador ayollardan test topshirib kelish talab etilmasligi, koronavirusga chalingan homilador ayollar uchun qanday sharoitlar yaratilgani haqidagi xabarlar ham berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 15:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют