» » Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi ona suti bilan oziqlangan chaqaloqlarda koronavirusga qarshi kurasha olishi kuzatilganini ma’lum qildi

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi ona suti bilan oziqlangan chaqaloqlarda koronavirusga qarshi kurasha olishi kuzatilganini ma’lum qildi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ona koronavirusga chalingan bo‘lsa ham yangi tug‘ilgan bolani ko‘krak suti bilan emizishni tavsiya etmoqda. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, Sog‘liqni saqlash vazirligi Onalik va reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Barno Abdusamatova “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga bergan qisqacha intervyusida aytib o‘tdi.

Barno Abdusamatovaning ma’lum qilishicha, homilador ayollar bilan birgalikda chaqaloqlarda ham koronavirusga chalinish holatlari kuzatilgan, lekin bu juda minimal foizni tashkil etgan.

“Shunisi qiziq bo‘ldiki, davo muolajalarini buyurmasimizdan chaqaloqlarning immuniteti kuchliligi tufayli kasallik bilan kurashishga qodir ekanligini isbotlab berdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ona koronavirus bilan kasallangan bo‘lsa ham yangi tug‘ilgan bolani ko‘krak suti bilan emizishni tavsiya etmoqda. Chunki ko‘krak sutida juda ko‘p immunomodulinlar va kasallikka qarshi kurashuvchi antitanalar mavjud. Shu bois onaning birinchi suti – birinchi emlash, deb nomlanadi”, — deydi Onalik va reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ba’zi chaqaloqlarda harorat ko‘tarilishi kuzatilmagan, lekin test natijalari musbat chiqqan. Takroriy test olinganida onani davolash jarayonida chaqaloqlar yuz foiz tuzalib ketgan holatlari kuzatilgan.

“Biz o‘z tajribalarimizda shunga amin bo‘lyapmizki, ona suti bilan oziqlangan chaqaloqlarda vaksinatsiyaga o‘xshagan holat kuzatilmoqda. Koronavirus bilan kasallangan onadan tug‘ilgan chaqaloqlarni 12-24 soat ichida birinchi testini olamiz, 24 soatdan keyin takroriy test olamiz. O‘sha takroriy testlardan bilyapmizki, chaqaloqlar kasallik bilan o‘zlari kurashish qobiliyatiga ega. Ularda kasallikni yengil kechishi holati bo‘lsa, biz hech qanday davo muolajalarini qo‘shmasligimiz kerak, organizmning o‘ziga qo‘yib berish lozim”, – dedi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, professor Habibullo Oqilov emizikli onalar koronavirusga chalingan bo‘lsa, farzandini qanday emizishi borasida aniqlik kiritib o‘tgan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekistonda koronavirusga chalingan homilador ayollar uchun qanday sharoitlar yaratilgani haqida ma’lumot berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют