» » Shavkat Mirziyoyev yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-sentabr kuni yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qonunga muvofiq, O‘zbekistondagi ta’lim turlari quyidagilardan iborat:

Umumiy o‘rta ta’lim 1—11-sinflarni o‘z ichiga oladi. O‘rta-maxsus ta’lim akademik litseylarda 9 yillik tayanch o‘rta ta’lim asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi.

Professional ta’lim boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim darajalariga ajratiladi.

Qonunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek, davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki hukumat qarorlari bilan tashkil etiladi.

Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshiriladi. Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladi.

Shuningdek, mazkur qonun bilan 1997-yil 29-avgustdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlar o‘z kuchini yo‘qotdi. Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun O‘zbekiston Senatining oltinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan ma’qullangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 20:53)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют