» » Shavkat Mirziyoyev: Hokimlarni xalq saylashi kerak. Shu kunlarga baribir kelamiz

Shavkat Mirziyoyev: Hokimlarni xalq saylashi kerak. Shu kunlarga baribir kelamiz


Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 24-sentabr kuni hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigilishi otkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning osish nuqtalaridan biri, aholi bandligini taminlashning katta manbai bolgani sababli mamlakatda bu sohani rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Prezidentning farmon va qarorlari qabul qilinib, barcha zarur sharoitlar yaratib berildi. Endi hokimlar va sektor rahbarlari ishni togri tashkil etib, yangi korxonalar ochilishi, ularning yashovchanligi, mahsulotlari hajmi, yaratilgan ish orinlari boyicha natija qilishi kerak.

Ozbekiston Prezidentining 2020-yil 1-maydagi qaroriga asosan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimi joriy etilgan edi. Shunga muvofiq, birinchi marta tuman va shaharlardagi iqtisodiy korsatkichlar, tadbirkorlikni qollab-quvvatlash muhiti, infratuzilma va mavjud resurslardan foydalanish darajasi organildi. Tahlillar asosida ulardagi tadbirkorlik rivoji holati yaxshi, orta va qoniqarsiz hududlarga ajratildi. Xususan, 48 ta tuman va shahardagi holat yaxshi, 119 tasida orta hamda 33 tasida qoniqarsiz deb topilgan.

Videoselektor yigilishida ushbu tahlillar asosida joylardagi muammolarni hal etish, korsatkichlari nisbatan past bolgan hududlarga komaklashish choralari muhokama qilindi.

Iqtisodiy kompleksga kiruvchi vazirlik va muassasalar tadbirkorga xizmat qiluvchi tashkilotga aylanishi zarurligi takidlandi. Qoniqarsiz deb baholangan tuman va shaharlarning salohiyatini yuzaga chiqarish, yaxshi hududlarning tajribasini ommalashtirish muhimligi qayd etildi.

Misol uchun, Samarqand tumanida hududiy sanoat mahsulotlari hajmi 1,1 trillion somni tashkil etib, aholi jon boshiga 4,5 million somdan togri kelgan. Bu Samarqand viloyatidagi eng yuqori korsatkichdir. Shuningdek, 508 ta tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, yangi ish orinlarining 71 foizi kichik biznesda ochilgan. Mahalliy budjet tushumlari songgi uch yilda 2 baravar ortgan.

Shuningdek, Qamashi tumanida songgi uch yilda 802 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, ishlamayotgan 132 ta korxona qayta tiklangan. Eksport hajmi otgan yilgiga nisbatan 1,5 barobar oshgan.

Aksincha, Nukus, Baliqchi, Bekobod, Xovos, Baxmal, Mirzachol, Yangiqorgon, Shovot, Kasbi, Qumqorgon, Uchtepa kabi tumanlardagi ahvol qoniqarsiz. Masalan, Qumqorgon tumani tadbirkorlik korsatkichlari boyicha Surxondaryo viloyatida eng oxirgi orinlardan birida. Lekin u yerda 124 ming gektar yaylov va 48 ming gektar oborotdan chiqqan yer bor. Ulardan samarali foydalanish boyicha loyihalar ishlab chiqilmagan.

Bekobod tumanida ham kichik biznes ulushi respublikadagi eng songgi orinlardan birida. Tumanda yiliga 10 ming tonna paxta, 100 ming tonna don yetishtirilsa-da, qayta ishlanmaydi.

Mutasaddilarga qoniqarsiz deb baholangan tumanlarda muhandislik kommunikatsiyalarini yaxshilab, kichik sanoat zonasi tashkil etish, yaylovlarda chorvachilik, qorakolchilik, yilqichilikni rivojlantirish, chegaraoldi savdo va xizmatlarni kengaytirish boyicha topshiriqlar berildi.

Yaxshi korsatkichlarga erishgan tuman va shahar hokimlari hamda ularning orinbosarlari maoshiga 30 foiz ustama tayinlanib, ahvol qoniqarsiz bolgan hududlar rahbarlariga jarima qollanishi aytib otildi.

Odamlarimiz turmushini yaxshilashga harakat qilmagan rahbar bir kun ham ishlamaydi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qoniqarsiz hamda orta deb baholangan tuman va shaharlarda inqirozga qarshi boshqaruv tizimi joriy etilishi belgilandi. Yani, ularga rahbarlik qilish istagini bildirgan har qanday talabgor hududni rivojlantirish dasturini mahalliy kengashlarda himoya qilishi mumkin. Xalq vakillarini ishontira olgan salohiyatli kishilar butun jamoasi bilan tumanga rahbar etib tayinlanadi.

Hokimlarni xalq saylashi kerak. Shu kunlarga baribir kelamiz, deya takidladi Prezident.

AvvalroqOzbekistonning bazi tumanlari rahbarlari sanoatni rivojlantirishdagi yaxshi natijalari uchun pul mukofoti olgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (24-09-2020, 21:38)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
:
-
:
20 ... -