» » Putin tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatildi

Putin tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatildi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”. Qayd etilishicha, mukofot qo‘mitasiga rus yozuvchisi Sergey Komkov ariza yuborgan.

Meduza’ning yozishicha, Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday tashabbusga Kreml qanday munosabatda ekanligi haqidagi savolga javob berar ekan, Nobel mukofotiga nomzod sifatida “umuman turli toifadagi odamlar” ilgari surilishini aytgan. “Va bu shunday taklif bilan chiqayotganlarning tashabbusi. Ayni holatda esa u siz tilga olgan yozuvchi. Nomzodlarni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos tartibi mavjud. Agar qaror qabul qilinsa, juda soz. Qabul qilinmasa ham hechqisi yo‘q. Bundan ortiq biror nima deyish qiyin”, — degan u jurnalistlarga.

Bundan bir hafta avval, 19-sentabr kuni rossiyalik olim, Nyu-Jersidagi Ratgers universiteti professori Sergey Yerofeyev siyosatchi Aleksey Navalniy Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatilganini ma’lum qilgandi. Uning aytishicha, ushbu mukofot uchun Navalniy nomzodini “Rossiya bilan shug‘ullanuvchi taniqli universitetlarning bir qator professorlar ilgari surgan. Yerofeyev ularning aniq kimligini aytmagan, lekin “Dojd” nashriga bergan izohda uning nomzodini ko‘rsatganlar orasida “katta odamlar” borligini qayd etgan.

2013-yilda Davlat dumasi deputati Iosif Kobzon va Xalqlar ma’naviy birligi va hamkorligi xalqaro akademiyasi Putinni Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatgan. Ularning fikricha, Putin ushbu mukofotga “Suriya mojarosini hal etishdagi faol ishtiroki va AQShning Suriyaga bostirib kirishining oldini olishga uringani” uchun loyiqdir.

2020-yildan boshlab har bir toifadagi Nobel mukofotining hajmi 110 ming dollarga oshirilib, 1,1 million dollarga yetgan. Nomzodlar 5-oktabr kuni e’lon qilinadi. COVID-19 epidemiyasi tufayli 2020-yilda mukofotni topshirish an’anaviy marosimi o‘tkazilmaydi.

Avvalroq norvegiyalik deputat, keyinroq Shvetsiya parlamenti a’zosi Donald Trampga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti berishni taklif qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 22:38)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют