» » Aleksey Navalniy Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatildi

Aleksey Navalniy Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatildi


Rossiyalik olim, Nyu-Jersidagi Ratgers universiteti professori Sergey Erofeyev siyosatchi Aleksey Navalniy Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatilganini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Uning aytishicha, ushbu mukofot uchun Navalniy nomzodini “Rossiya bilan shug‘ullanuvchi taniqli universitetlarning bir qator professorlar ilgari surgan. Erofeyev ularning aniq kimligini aytmagan, lekin “Dojd” nashriga bergan izohda uning nomzodini ko‘rsatganlar orasida “katta odamlar” borligini qayd etgan.

Germaniya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, Aleksey Navalniy Rossiyada “Novichok” turiga kiruvchi modda bilan zaharlangan. U ikki haftadan ortiq vaqt davomida komada yotdi, ayni paytda Berlindagi “Sharite” klinikasida davolanishni davom ettirmoqda.

Rossiya hukumati siyosatchidan dastlab kasalxonaga yotqizilgan Omskda olingan testlarda zahar borligini ko‘rsatmaganini qat’iy ta’kidlamoqda.

Mavzuga doir: Vladimir Putin Navalniyning zaharlanishi bilan bog‘liq vaziyat xolis taftish qilinishi tarafdori ekanini bildirdi

Dunyoning istalgan universiteti professori Nobel mukofotiga nomzodni ko‘rsatishi mumkin, bunda nomzodga qandaydir muayyan talablar yo‘q. Bundan tashqari, ushbu mukofotga milliy hukumat va parlament a’zolari, davlat rahbarlari va boshqa ayrim toifadagi shaxslar o‘z nomzodlarini ko‘rsatishlari mumkin.

Shu vaqtda qadar birorta ham Rossiya fuqarosi Nobel mukofotiga sazovor bo‘lmagan. SSSR davrida mukofot Andrey Saxarov (1975-yil) va Mixail Gorbachyovga (1990-yil) berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiya hukumati Navalniy zaharlanishi bilan bog‘liq jiddiy savollarga javob berishi kerakligini aytdi. Muxolif siyosatchiga qilingan suiqasd Buyuk Britaniya, AQSh va Fransiyani ham g‘azablantirdi. London Navalniyga nisbatan kimyoviy qurol qo‘llanilishini “ablahona ish” deb atadi. Vashington aybdorlarga nisbatan moliyaviy cheklovlar qo‘llashga va’da berdi.

Mavzuga doir: “Kecha kun bo‘yi o‘zim nafas oldim”. Navalniy zaharlanganidan so‘ng ilk bor Instagram’da post qoldirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 18:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют