» » Aleksey Navalniy o‘rnidan turishni boshladi

Aleksey Navalniy o‘rnidan turishni boshladi


Rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy o‘zini yaxshi his qilmoqda va qisqa muddatga o‘rnidan turishi mumkin. Bu haqda siyosatchi davolanayotgan Berlindagi “Sharite” klinikasi tomonidan ma’lum qilindi, deb yozmoqda “Interfaks”.

“22-avgustdan buyon “Sharite” universitet klinikasida davolanayotgan Aleksey Navalniyning holati yana yaxshilandi. Bemorni o‘pkani sun’iy nafas oldirish apparatidan to‘liq uzishga muvaffaq bo‘lindi. Uning harakatchanligi oshmoqda va qisqa vaqtga yotgan o‘rnidan turishi mumkin”, — deyiladi klinika tomonidan e’lon qilingan xabarda.

Germaniyalik shifokorlar 7-sentabr kuni Navalniy sun’iy komadan chiqarilgani va sun’iy nafas oldirish apparatidan bosqichma-bosqich uzilayotganini ma’lum qilgan.

Navalniyning ahvoli 20-avgust kuni Tomskdan Moskvaga uchayotgan paytda samolyotda yomonlashgan. U shoshilinch ravishda Omskdagi kasalxonaga yotqizildi va ikki kundan keyin maxsus reys bilan Berlinga davolanish uchun olib ketildi.

Germaniya hukumati laboratoriya tahlili natijalariga asoslanib, Navalniy “Novichok” guruhiga kiruvchi asab tizimini falaj qiluvchi modda bilan zaharlanganligini ma’lum qildi. Moskva, o‘z navbatida, rus shifokorlari muxolifatchining tanasida biron bir zahar izlarini topmaganligini xabar qildi.

14-sentabr kuni Germaniya hukumati Fransiya va Shvetsiyadagi maxsus laboratoriyalar mutaxassislari Navalniyning “Novichok” bilan zaharlangani haqidagi xulosani tasdiqlaganini ma’lum qildi.

Avvalroq Aleksey Navalniy zaharlanganidan so‘ng to‘liq o‘ziga kelgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют