» » “Bu mamlakatimizning ichki ishi”. Aleksandr Lukashenko o‘zining yashirin inauguratsiyasi haqida

“Bu mamlakatimizning ichki ishi”. Aleksandr Lukashenko o‘zining yashirin inauguratsiyasi haqida


Aleksandr Lukashenko o‘zining yashirin inauguratsiyasi Belarusning ichki ishi ekanligini aytdi. Meduza’ning yozishicha, u shunday yo‘l bilan g‘arb davlatlarining Belarusga nisbatan “nokonstruktiv pozitsiyasi”ga munosabat bildirdi. Quyida uning so‘zlari keltirildi:

“Qo‘shnilar Xudodan, ular tanlanmaydi va biz birga yashashga, do‘st bo‘lishga mahkummiz. Ammo, aftidan, har doim ham bunday emas. Qo‘shni davlatlar, ayniqsa, Polsha qanday pozitsiyani egallaganligini bilasiz. Hatto kechagi inauguratsiya bo‘yicha ham biz polshaliklar, litvaliklar, ukrainlar, chexlarga yoki boshqa birovga ushbu tadbirni o‘tkazishimiz haqida xabardor qilmaganimiz uchun qandaydir ginami, norozilikmi bor.

Menimcha, Belarus qonunlariga ko‘ra, biz g‘arb davlatlaridan birortasini, umuman, bu haqda hech kimni ogohlantirishimiz shart emas. Bu mamlakatimizning ichki ishi. Bilasiz, inauguratsiyaga harbiylar bilan birga ikki mingga yaqin odam taklif qilingan. Buni sir saqlash deyarli imkonsiz.

Bu yilgi prezident inauguratsiyasi men uchun unchalik ham ahamiyatlimas, chunki bu mening qandaydir katta ahamiyatga ega birinchi inauguratsiyam emas. Oddiy ish jarayoni. Lekin nima uchun ular bunday qilishyapti? Ular buni norozilik kayfiyatini avj oldirish, shanba, yakshanba kunlaridek ko‘proq odamlar ko‘chaga to‘dalashishi uchun qilishmoqda. Mana nima uchun kerak ularga. Biz buni tushunamiz va bunga tayyormiz.

Eslatib o‘tamiz, 9-avgust kuni o‘tkazilgan Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Lukashenko 80,1 foiz ovoz bilan saylovda g‘olib deb topilgan. 23-sentabr kuni ertalab Minskdagi Mustaqillik saroyida avvaldan e’lon qilinmagan inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Aleksandr Lukashenko Belarus prezidenti lavozimini egalladi. Germaniya, Slovakiya, Litva, Latviya va Estoniya Lukashenkoni Belarusning qonuniy prezidenti deb tan olmadi.

Uning asosiy raqobatchisi Svetlana Tixanovskaya inauguratsiya marosimidan keyin videomurojaat yozib, unda o‘zini belarus xalqining yagona yetakchisi deb atadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 22:53)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют