» » Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi qoniqarsiz bo‘lgan 33 ta tuman rahbarlari ishdan olinishini aytdi

Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi qoniqarsiz bo‘lgan 33 ta tuman rahbarlari ishdan olinishini aytdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 24-sentabr kuni hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, pandemiya davri mamlakatdagi muammolar va kamchiliklarni yaqqol ko‘rsatdi.

“Qaysi tuman nimaga qodir, qaysi tuman va shaharlar rahbarlari hozirgi islohotlarni qanday tushunyapti, degan savol meni juda bezovta qilyapti”, — dedi Prezident.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: “Hokimlarni xalq saylashi kerak. Shu kunlarga baribir kelamiz”

Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, hozirgi kunda nafaqat viloyat hokimlari, balki bosh vazir o‘rinbosarlari ham biror masalani ko‘tarishdan oldin uni tuman hokimlari bilan muhokama qilmoqda.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 1-maydagi qaroriga asosan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimi joriy etilgan edi. Shunga muvofiq, birinchi marta tuman va shaharlardagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash muhiti, infratuzilma va mavjud resurslardan foydalanish darajasi o‘rganildi. Tahlillar asosida ulardagi tadbirkorlik rivoji holati “yaxshi”, “o‘rta” va “qoniqarsiz” hududlarga ajratildi. Xususan, 48 ta tuman va shahardagi holat “yaxshi” (24 foiz), 119 tasida “o‘rta” (60 foiz) hamda 33 tasida “qoniqarsiz” (16 foiz) deb topilgan.

“Mana, bizda ‘qoniqarsiz’ 33 ta tuman bor. Ularning hammasi ishdan ketishi kerak, 4 ta sektor rahbari ham ketadi. 33 ta tumanda necha ming aholi yashaydi, ular hozirgi siyosatdan rozimi? Norozi. Bu tumanlar imkoniyatga yarasha ishlamayapti.

Tadbirkorlar bankdan qancha mablag‘ o‘tkazyapti? Qancha ish joyi yaratyapti? Qancha mahsulot chiqaryapti? Qancha eksport qilyapti? Bu savollarga javob yo‘q”, — deya ta’kidladi davlat rahbari.

“Odamlarimiz turmushini yaxshilashga harakat qilmagan rahbar bir kun ham ishlashga haqqi yo‘q. Hozir izlanishda bo‘lgan, o‘zini qiynayotgan hokimlar kerak menga, ishbilarmon kerak menga, xalqning dardini tushunadigan, xalqning dardi bilan yashaydigan rahbarlar kerak menga”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lum qilinishicha, Nukus, Baliqchi, Bekobod, Xovos, Baxmal, Mirzacho‘l, Yangiqo‘rg‘on, Shovot, Kasbi, Qumqo‘rg‘on, Uchtepa kabi tumanlardagi ahvol qoniqarsiz.

Qayd etilishicha, yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan tuman va shahar hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari maoshiga 30 foiz ustama tayinlanib, ahvol qoniqarsiz bo‘lgan hududlar rahbarlariga jarima qo‘llaniladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 23:23)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют