» » Yevropa Ligasi. Eldor Shomurodovning goli “Rostov”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qololmadi

Yevropa Ligasi. Eldor Shomurodovning goli “Rostov”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qololmadi


Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi 3-saralash bosqida “Rostov” 24-sentabr, payshanba kuni “Makkabi”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida Eldor Shomurodov Yevrokuboklardagi debyut golini urgan holda rostovliklarni oldinga olib chiqdi. 20-daqiqada Nikita Rukavitsa muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘lim teng kurashlar ostida boshlandi. 60-daqiqada Muhammad Abu-Fani jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba yo‘llab, isroilliklarning ikkinchi golini urdi.

Buning ustiga mezbonlar 68-daqiqada bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi: Danil Glebov maydon markazidagi o‘ta qo‘pol harakati uchun chetlatildi. Qolgan vaqtda o‘yin mehmonlar nazorati ostida kechdi va hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa “Rostov” Yevrokuboklardagi yurishini to‘xtatdi.

Mavzuga doir: Eldor Shomurodov nihoyat gol urdi. U 208 kunlik quruq seriyaga Yevropa Ligasida nuqta qo‘ydi (video)

Yevropa Ligasi

3-saralash bosqichi

24-sentabr, payshanba

Gollar: 1:0 – 9 Shomurodov, 1:1 – 20 Rukavitsa, 1:2 – 60 Abu-Fani.

“Rostov”: Pesyakov, Osipenko, Chernov, Kozlov, Hajikadunich, Glebov, Yeremenko (Xashimoto, 64), Normann, Bayramyan (Poloz, 64), Ionov, Shomurodov (Toshevski, 82).

“Makkabi Hayfa”: Koen, Xabshi, Mabuka, Arad, Planich, Abu-Fani (Rodriges, 83), Menaxem, Lavi, Sheri, Rukavitsa (Naxmani, 90), Xaziza (Ashkenazi, 85).

Ogohlantirishlar: Planich (45), Arad (88).

Chetlatish: Glebov (68).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 23:53)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют