» » Tramp saylovlarda yutqazsa, hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirmasligini aytdi

Tramp saylovlarda yutqazsa, hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirmasligini aytdi


AQSh prezidenti Donald Tramp prezidentlik saylovlarida mag‘lubiyatga uchragudek bo‘lsa, hokimiyatni Demokratlar partiyasidan bo‘lgan raqibi Jo Baydenga tinch yo‘l topshirmaydi. Amerika yetakchisi bu haqda Oq uyda o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida ma’lum qildi, deb xabar beradi CNBC.

“Ko‘ramiz, nima bo‘lar ekan. Men ovoz berish jarayonidan juda ham norozi ekanligimni bilasiz, bu falokat”, — deydi Tramp. CNBC’ning aniqlik kiritishicha, prezident pochta orqali ovoz berishni nazarda tutmoqda.

“Pochta orqali ovoz berishdan bosh torting va barchasi tinch bo‘ladi. To‘g‘risini aytganda, hokimiyatni topshirish bo‘lmaydi, bu davom etadi”, — deydi Amerika prezidenti.

Trampning hisoblashicha, pochta orqali ovoz berish — u yutqazishi mumkin bo‘lgan yagona variant, “chunki demokratlar aldaydi, talaydi va o‘g‘rilik qiladi”.

Avvalroq Tramp prezidentlik saylovida Bayden g‘alaba qozonsa, AQShda inqilob bo‘lishini aytgandi.

Mavzuga doir: Tramp uch oy ichida ovoz berish bo‘yicha Bayden bilan orasidagi farqni 7 foizgacha qisqartirdi

Eslatib o‘tamiz, AQShda prezidentlik saylovlari 2020-yilning 3-noyabrida bo‘lib o‘tadi.

Respublikachilar partiyasi 24-avgust kuni prezidentlik va vitse-prezidentlikka nomzod sifatida Donald Tramp va Maykl Pensni ko‘rsatgan. Demokratlar partiyasi esa AQSh prezidenti sifatida Jo Bayden, vitse-prezident sifatida Kaliforniya senatori Kamala Xarris nomzodini ilgari surgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 23:53)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют