» » Namanganda Damas piyodani urib ketdi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Namanganda Damas piyodani urib ketdi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi


Namangan viloyatida Damas yo‘ldan o‘tayotgan piyodani urib ketdi, deya xabar bermoqda IIV.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 21-sentabr kuni soat 02:40 larda Namangan shahar “Xalqlar Do‘stligi” MFY, To‘qimachilar ko‘chasida Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinani boshqarib borayotib harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda – Namangan shahrida yashagan, 1971-yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 01:53)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют