» » Namanganda IJ-2715 rusumli avtomobil beton to‘siqqa urilishi oqibatida uning yo‘lovchisi halok bo‘ldi

Namanganda IJ-2715 rusumli avtomobil beton to‘siqqa urilishi oqibatida uning yo‘lovchisi halok bo‘ldi


Namangan viloyatida IJ-2715 rusumli avtomashina beton to‘siqqa urilishi oqibatida undagi yo‘lovchi vafot etdi, deya xabar bermoqda IIV.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 20-sentabr kuni soat 11:00 larda Pungon–Namangan–Andijon yo‘lining 95-kilometrida IJ-2715 rusumli avtomashinani boshqarib borayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilgan.

Natijada avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 2020-yil 20-sentabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 23:38)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют