» » Surxondaryoda Captiva olib qochgan 29 yoshli yigit qo‘lga tushdi. U 10 yilgacha qamalishi mumkin

Surxondaryoda Captiva olib qochgan 29 yoshli yigit qo‘lga tushdi. U 10 yilgacha qamalishi mumkin


Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida Captiva olib qochgan 29 yoshli yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 21-sentabr kuni soat 09:30 da noma’lum shaxs Qumqo‘rg‘on tumani “Kattako‘l” mahallasida yashovchi 41 yoshli B.X.ning uyi oldida turgan Captiva’ni olib qochgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni 29 yoshli Sh.S. sodir etganligi aniqlanib, olib qochilgan avtomashina ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Sh.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu moddada besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Dastlabki tergov jarayonida Sh.S. ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 07:38)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют