» » Toshkentdagi Universal sport majmuasida tashkil etilgan vaqtinchalik shifoxona shifokorining Prezidentga yollagan videomurojaati boyicha izoh berildi

Toshkentdagi Universal sport majmuasida tashkil etilgan vaqtinchalik shifoxona shifokorining Prezidentga yollagan videomurojaati boyicha izoh berildi


Ozbekiston Ichki ishlar vazirligining Markaziy gospitali tomonidan Ozbekiston Gimnastika federatsiyasining Universal sport majmuasida tashkil etilgan 750 oringa moljallangan vaqtinchalik shifoxonada faoliyat olib borayotgan shifokor Ashurova Dilafruz Davronovna 2020-yil18-sentabrkuni ijtimoiy tarmoq orqali Ozbekiston Prezidentiga videomurojaat yollagan. Ushbu holat yuzasidan IIV izoh berib otdi.

Malum qilinishicha, shifokor tomonidan yollangan videomurojaatda u hech qanday asoslarsiz ozi faoliyat olib borayotgan vaqtinchalik shifoxonada bir nechta qonunchilikka zid bolgan xatti-harakatlar sodir etilayotganligi haqida malum qilgan edi. U ikkinchi videolavhasida ijtimoiy tarmoqlarda notogri malumot tarqatib yuborganini tan olib, mazkur vaqtinchalik shifoxonada tibbiyot xodimlari uchun oziq-ovqat, turar joy bepul tashkil etilgani, ishlab turgan vaqtida hamkasblari bilan bolgan suhbatlarda bunga amin bolganini takidlagan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hamda shifoxona tashkilotchilaridan uzr soradi, malumotlari notogri bolganligi sabab oz istagiga kora qayta murojaat etayotgani haqida qoshimcha qildi.

Takidlanishicha, Ozbekiston Vazirlar Mahkamasining 461-son qaroriga muvofiq Universal sport majmuasida tashkil etilgan vaqtinchalik shifoxonada bemorlar belgilangan tartibda davolanmoqda.

Ozbekiston Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-avgustdagi 461-son Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam korsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori talablariga muvofiq, Ichki ishlar vazirligining Markaziy gospitali huzurida Ozbekiston Gimnastika federatsiyasining Universal sport majmuasida 750 oringa moljallangan vaqtinchalik shifoxona tashkil etildi. Mazkur vaqtinchalik shifoxona Toshkent shahar Yunusobod tumaniKorhoji ota kochasi, 2A-uydajoylashgan.

Vaqtinchalik shifoxonaga 2020-yil2-sentabrkunidan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni qabul qilish boshlandi va shu kunga qadar oz faoliyatinitun-u kundavom ettirib kelmoqda.

Mavzuga doir:Ozbekiston 24 telekanali Ozekspomarkazdagi taqsimot markazini tark etishni istamayotgan bemorlarni xudbinlikda aybladi

Vaqtinchalik shifoxonada 3 smenada ish faoliyati tashkil etilib, unda jami 427 nafar tibbiyot xodimlari ishlamoqda, shundan 138 nafar shifokor, 154 nafar hamshira, 128 nafar kichik tibbiy hamda 7 nafar dezinfektor xodim faoliyat olib bormoqda.

Vaqtincha shifoxona tibbiyot xodimlari Jahon sogliqni saqlash tashkiloti hamda Ozbekiston Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan tayyorlangan COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash boyicha amaliy qollanma (7-bayonnoma)gamuvofiq davolash ishlarini amalga oshirib kelmoqda.

Vaqtinchalik shifoxonaga shu kunga qadar 5035 nafar bemor murojaat etgan bolib, shulardan 1234 nafar bemorlarga tegishli tibbiy konsultatsiyalar berildi, 3801 nafar bemor shifoxonaga joylashtirildi, 2979 nafar bemor sogligi yaxshilanganligi sababli uyiga javob berildi, ayni vaqtda esa shifoxonada 677 nafar bemor davolanmoqda.

Vaqtinchalik shifoxonada davolanayotgan bemorlar va faoliyat olib borayotgan xodimlarni ovqatlantirish, laboratoriya va diagnostika xizmatlari autsorsing xizmat korsatuvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Vaqtinchalik shifoxonani joriy saqlash, shuningdek, bemorlarni hamda jalb qilingan mutaxassis va boshqa xodimlarni oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari, niqob, dezinfeksiya vositalari va boshqa zarur anjomlar bilan taminlash xarajatlari Ozbekiston Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-avgustdagi 461-son qaroriga muvofiq, Ozbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgarmasi mablaglari hisobidan qoplanmoqda.

Avvalroq iyul oyi oxirida Toshkentda shahar hokimligi tomonidan Ozekspomarkazning 3-pavilyonida 1000 orinli, Mudofaa vazirligi tomonidan Ozekspomarkazning 12-pavilyonlarida 814 orinli, DXX tomonidan Yoshlik sport arenasida 520 orinli, IIV tomonidan Yunusoboddagi Universal sport saroyi (Gimnastika majmuasi)da 750 orinli Saralash va taqsimlash markazlaritashkil etilganihaqidaxabar berilgan edi.

Shundan Yoshlikarenasida tashkil etilgan 520 koykali Saralash markazi bemorlar bilan batamom tolgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:Toshkentda hijobli ayollar ushlanib, soroq qilinayotgani haqidagi videoga rasmiy munosabat bildirildi



Manba: Daryo.uz
: admin (25-09-2020, 08:23)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 36) ( 0) ( 36) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -