» » Qozogistonlik deputatlar mamlakat ichki bozorini Ozbekistondan himoya qilishga chaqirdi

Qozogistonlik deputatlar mamlakat ichki bozorini Ozbekistondan himoya qilishga chaqirdi


Qozogistonning Oq yol demokratik partiyasi deputatlari fraksiyasi Ozbekistondan Qozogistonga import qilinadigan mahsulotlarga cheklov ornatishni taklif qildi. Bu haqdagi deputatlik sorovini partiya raisi Azat Peruashev parlament yigilishida malum qildi, deb yozmoqda Spot.

Partiya raisining takidlashicha, potensial eksportchi mamlakatlarning (bu holatda Ozbekiston) Qozogiston mahsulotlariga nisbatan cheklov choralari Qozogiston eksportining osishiga salbiy tasir korsatmoqda.

Uning sozlariga kora, Ozbekiston bilan mahsulot ayirboshlash hajmi 2019-yil yakunlariga kora 2,7 milliard dollarni tashkil qilgan, biroq bu korsatkich bundan ham yuqori bolishi mumkin edi, eksport hajmi esa nisbatan murakkab va daromadli. Biroq malum sharoitlar asosida.

Deputatning qayd etishicha, 1997-yilda mamlakatlar ortasida Erkin savdo togrisida kelishuv imzolangan bolsa ham, Ozbekiston 96 turdagi tovarga nisbatan 5 foizdan 50 foizgacha bolgan aksiz soligi joriy qilgan. Imzolangan kelishuvga kora, tomonlar bir-biriga bojxona bojlari, soliqlar va yigimlar, shuningdek, tomonlardan birining bojxona hududidan kelib chiqadigan mahsulotlar eksporti va/yoki importiga nisbatan miqdoriy cheklovlar qollamagan holda erkin savdo rejimini taqdim etadi.

Deputatning fikricha, bu Ozbekiston 2011-yilning 18-oktabrida qoshilgan Erkin savdo zonasi haqidagi shartnomaga mos kelmaydi. Shartnomaga kora, ishtirokchi mamlakatlar tomonlarning bojxona hududidan kelib chiqadigan mahsulotlar importiga nisbatan bojxona bojlari qollamaslik majburiyatini qabul qiladi.

Ozbekiston tomoni Qozogistondan qayta ishlangan mahsulotlar importini ataylab cheklab qoymoqda, bu esa xomashyo (birinchi navbatda qishloq xojaligi: bugdoy, moyli uruglar, gosht va hayvon terilari va boshqalarni) eksport qilishni ragbatlantiradi, dedi u.

Partiya vakilining aytishicha, kelgusida ushbu xomashyo qayta ishlanib, Ozbekistonda qoshimcha qiymat, ish joylari va yuqori daromadlarni qoldiradi va Qozogiston xomashyosidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bir qismi yana eksport qilinadi, shu jumladan, Qozogiston bozoriga.

Qayd etilishicha, Qozogistonda Ozbekistondan import qilinadigan tovarlarga solinadigan aksiz soligi yoki boshqa soliqlar mavjud emas.

Deputatning takidlashicha, bunday sharoitda qozogistonlik ishlab chiqaruvchilar uchun nafaqat ozbek bozorida, balki Qozogistonning ozida ham ozbekistonlik ishlab chiqaruvchilar bilan raqobatlashish juda qiyin.

Ozbekistonning faol va iqtisodiy jihatdan tushunarli bolgan soliq-budjet siyosati mamlakatimizning milliy iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazadi, deya xulosa qiladi qozogistonlik deputat.

Siyosatchining bildirishicha, yuridik jihatdan Qozogiston va Ozbekiston bir-biriga erkin savdo rejimini, yani tovarlarni eksport qilish va import qilish uchun teng sharoitlarni taminlashi kerak. Amalda esa qozogistonlik tadbirkorlar potensial daromadlarining sezilarli qismini yoqotib, tayyor mahsulotlarni emas, balki qayta ishlanmagan xomashyoni sotishga majbur bolmoqda.

Oq yol partiyasi fraksiyasining deputati Qozogiston davlat organlarini tanqid qildi. Uning fikricha, davlat organlari passiv pozitsiyani egallaydi va sheriklar bilan tenglik asosidagi munosabatlarni ornatishga yoki hech bolmaganda erishilgan kelishuvlarning bajarilishini talab etishga harakat qilmaydi.

Bu holat budjet yoqotishlariga (xomashyo sotish rentabelligining pastligi sababli) va Qozogiston iqtisodiyotining xomashyo yonalishini va past texnologik murakkabligini saqlashga salbiy tasir korsatmoqda, deydi Azat Peruashev.

Shu munosabat bilan deputat ushbu masala hukumatlararo darajada hal bolguncha, xomashyo eksportini cheklash va qayta ishlangan mahsulotlarni Ozbekistonga yetkazib berishni ragbatlantirish hamda ushbu respublikadan keladigan tovarlarga qoshimcha soliq solishni kozda tutuvchi bojxona siyosatini joriy etishni taklif qildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (25-09-2020, 09:08)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
:
-
:
20 ... -