» » O‘zbekistonda yangi gaz hisoblagichlarni joriy etish tezlashtiriladi

O‘zbekistonda yangi gaz hisoblagichlarni joriy etish tezlashtiriladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida qarorni imzoladi, deb xabar beradi O‘zA.

Loyihani amalga oshirish doirasida “Hududgazta’minot” AJ tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar orasida belgilangan tartibda o‘tkazilgan tender natijalariga muvofiq “Texnopark” MChJ bilan elektron gaz hisoblagichlari va zarur bo‘lgan uskunalarni yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinishi belgilangan.

Loyihani amalga oshirishda quyidagi asosiy yo‘nalishlar jadallashtiriladi:

Shuningdek, qarorda “Hududgazta’minot” AJ mablag‘lari evaziga 2020-yil 1-oktabrga qadar Qibray, Zangiota va Toshkent tumanlarida tizimni o‘rnatish belgilangan.

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan ajratiladigan kredit mablag‘lari evaziga 2021-yil 1-fevralga qadar O‘rta Chirchiq, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyo‘l va Karmana tumanlari hamda Toshkent, Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Namangan, Nukus, Samarqand, Termiz, Urganch, Qarshi, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlarida va boshqa qarzdorlik darajasi baland bo‘lgan hududlarga mazkur tizim o‘rnatiladi.

Ikki oy muddatda yirik iste’molchilar, avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarini, 2020-yil yakuniga qadar qolgan tadbirkorlik subyektlarini ularning o‘z mablag‘lari hisobidan hamda 2021-yil 1-mayga qadar ijtimoiy soha obyektlarini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tizimga ulanishini ta’minlash belgilangan.

Loyihani moliyalashtirish va 2021-yil 1-avgustga qadar amalga oshirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 1 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 4 yil muddatda qaytarish sharti bilan, 6 oylik LIBOR plyus 3 foiz yillik stavkada, imtiyozli davrda asosiy qarz bo‘yicha hisoblangan foizlar kapitalizatsiya qilinishi hisobga olinib, 150 million AQSh dollari miqdoridagi krediti jalb qilinadi.

Bundan tashqari, “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 27,5 million AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi krediti, elektron gaz hisoblagichlarini yig‘ish uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlarini Italiyadan xarid qilishga yo‘naltiriladigan Italiyaning SACE davlat eksport-kredit agentligining sug‘urta qoplamasi ostida xorijiy tijorat banklari krediti, loyihaning mahalliy xarajatlarini qoplash uchun birinchi o‘rinda respublika jamg‘armalari va mahalliy tijorat banklarining mablag‘lari va zaruratga ko‘ra xorijiy moliyaviy tashkilotlar qarz mablag‘lari yo‘naltiriladi.

“Hududgazta’minot” AJ 2021-yil 1-iyunga qadar Tizim bilan muvofiqlikda ishlovchi zamonaviy billing tizimi yaratishi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda tuman va shaharlar kesimida elektron gaz hisoblagichlari o‘z vaqtida yetkazib berilishini, shuningdek, har bir hududda hisoblagich va boshqa uskunalarni ta’mirlash va ularga servis xizmatini ko‘rsatish shoxobchalari tashkil qilinishini ta’minlashi lozim.

Avvalroq Andijonda “Texnopark” kompaniyasining aqlli gaz hisoblagichi portlagani to‘g‘risida xabar berilgandi. “Hududgazta’minot” kompaniyasi ushbu holatga izoh berib, tarmoqda bosim oshib ketgani sababli hisobga olish uskunasi buzilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminni rad etgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda elektr va gaz hisoblagichlarni erkin tanlash huquqi berilishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 13:23)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют