» » O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarining buzilishini qayd etuvchi qurilmalar ro‘yxatini kengaytirish taklif etildi

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarining buzilishini qayd etuvchi qurilmalar ro‘yxatini kengaytirish taklif etildi


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Unga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalarining buzilishini qayd etishda har qanday videotexnika va mobil qurilmalardan foydalanish taklif etilmoqda.

Hujjat bilan hukumatning 2018-yil 20-sentabrdagi qaroriga o‘zgartirish kiritilishi nazarda tutilgan. Vazirlar Mahkamasining ushbu qarorida jismoniy va yuridik shaxslar YHXBBga faqatgina avtomobil videoregistratorlar tomonidan yozib olingan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi borasidagi videolarni yuborishlari mumkin.

Agarda mazkur o‘zgartirish qabul qilinsa, har qanday videoqurilma va mobil telefonlarda tasvirga olingan qoidabuzarliklar haqida xabar berish mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, hozirda YHXBBning Dyhxx.ejarima.uz maxsus sayti faqat videoregistratorlardagi yozuvlarni qabul qilmoqda. Shu bilan birga, qoidabuzarlik sodir etilganiga uch kundan va videoning davomiyligi 120 soniyadan oshmasligi kerak. Shuningdek, ularda sodir etilgan qoidabuzarlikning sanasi va vaqti ko‘ratilgan bo‘lishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, sodir etilgan har bir yo‘l harakati qoidasining buzilishi borasidagi yuborilgan videoyozuv uchun BHMning 5 foizi miqdorida mukofot puli beriladi. Sayt statistikasiga ko‘ra, bugunga qadar 12,5 ming foydalanuvchi 160 mingga yaqin qoidabuzarlik haqida xabar bergan.

Loyiha muhokamasi 4-noyabrga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yildan Toshkent avtobuslariga sinov tariqasida videoregistrator va kameralar o‘rnatilishi boshlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 13:53)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют