» » Buyuk Britaniya COVID-19 bemorlari soni kunlik o‘sishi ikki baravar, Fransiyada to‘rt baravar oshdi

Buyuk Britaniya COVID-19 bemorlari soni kunlik o‘sishi ikki baravar, Fransiyada to‘rt baravar oshdi


Buyuk Britaniya va Fransiyada 24-sentabr kuni COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning kunlik o‘sishi bo‘yicha rekord yangilandi, deb xabar bermoqda “RBK”.

Daily Mail’ning Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi direktori Ivon Doylning bayonotiga asoslanib xabar berishicha, 24-sentabr kuni COVID-19’ga chalinish bo‘yicha 6,6 mingdan ortiq yangi holat qayd etildi. Bu mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon rekord ko‘rsatkich.

Buyuk Britaniyada umumiy hisobda 416 mingdan ortiq kishi kasallangani qayd etilgan. Doylning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi haftada koronavirusga chalinish bo‘yicha kunlik ko‘rsatkich qariyb ikki baravar oshdi. O‘tgan haftada 3395 kishida koronavirus aniqlangan.

Shuningdek, so‘nggi sutkada COVID-19’dan 40 kishi vafot etgan. Doylning qayd etishicha, kasallanish barcha yoshdagilar orasida o‘smoqda, kasalxonaga yotqizilganlar soni ham oshgan. “Biz barchamiz virus tarqalishining oldini olishga yordam beradigan yangi choralarga amal qilishimiz lozim”, — degan Doyl.

Bundan tashqari, kunlik kasallanishlar soni Fransiyada ham oshgan. Figaro’ning yozishicha, so‘nggi sutkada mamlakatda 16 096 kishi virusga chalingani qayd etilgan. Epidemiya boshlanganidan buyon mamlakatda qariyb 500 ming kishi COVID-19’ga chalingan.

Iyun oyi oxiridan avgust boshlarigacha Buyuk Britaniyada kunlik kasallanishlar soni 1 ming nafargacha tushgan, so‘ng yana ko‘tarila boshlagan.

Mamlakat bosh sanitar shifokori Kris Utti 21-sentabr kuni Buyuk Britaniyada koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashganini ma’lum qilgandi. Uning ertasiga mamlakat hukumati epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli cheklovlarni yarim yilga keskinlashtirdi.

Bosh vazir Boris Jonson so‘nggi bir oy ichida mamlakatda kunlik aniqlanadigan COVID-19 bemorlari soni to‘rt baravar oshganini ma’lum qilgan. Shifokorlar oktabr oyida bu ko‘rsatkich 10 ming kishiga yetishi mumkinligini istisno etmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 14:23)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют