» » Rossiyada yana 6595 kishida koronavirus aniqlandi. Mamlakatda qatorasiga 6 kundan buyon kasallanishlar soni 6 ming kishidan ortiq bo‘lmoqda

Rossiyada yana 6595 kishida koronavirus aniqlandi. Mamlakatda qatorasiga 6 kundan buyon kasallanishlar soni 6 ming kishidan ortiq bo‘lmoqda


Rossiyada so‘nggi sutkada 6595 kishida koronavirus aniqlandi — bu iyul oyi o‘rtalaridan buyon qayd etilgan kasallanish bo‘yicha eng yuqori kunlik ko‘rsatkich, deb xabar bermoqda “RBK” koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabga tayanib. Mamlakatda ketma-ket olti kundan buyon yangi kasallanishlar soni 6 ming kishidan ortiq bo‘lmoqda. Bir kun avval 6431 kishida COVID-19 aniqlangandi. Eng ko‘p kasallanish holati 12-iyulda qayd etilgan. Shu kuni 6615 kishida koronavirus aniqlangan.

So‘nggi sutkada kasallanish holati Chukotka avtonom okrugidan tashqari mamlakatning barcha hududlarida aniqlangan. Yangi kasallangan kishilarning 1580 nafari (24 foizi)da kasallikning klinik belgilari kuzatilmagan. Kasallanish holatining sutkalik o‘sish surati 0,6 foizni tashkil etgan.

Tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi sutkada aniqlangan kasallanish holatlarining eng ko‘pi Moskva shahri (1050 kishi), Sankt-Peterburg (215), Moskva (205 kishi) va Rostov (189) viloyatlarida qayd etilgan.

Rossiyada pandemiya boshlanganidan buyon 1 128 836 kishida COVID-19 qayd etilgan. Ularning 19 948 nafari vafot etgan, kasallanganlarning qariyb 930 nafari sog‘aygan.

“Rospotrebnadzor” ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusni aniqlash bo‘yicha so‘nggi sutkada 357 mingta,  umumiy hisobda esa 43,9 millionta laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют