» » Rossiyada so‘nggi sutkada 6431 kishida COVID-19 aniqlandi. Bu iyul oyi o‘rtalaridan buyon qayd etilgan eng yuqori kunlik ko‘rsatkich

Rossiyada so‘nggi sutkada 6431 kishida COVID-19 aniqlandi. Bu iyul oyi o‘rtalaridan buyon qayd etilgan eng yuqori kunlik ko‘rsatkich


Rossiyada so‘nggi sutkada 6431 kishida koronavirus aniqlandi — bu iyul oyi o‘rtalaridan buyon qayd etilgan kasallanish bo‘yicha eng yuqori kunlik ko‘rsatkich. Bu haqda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabga tayanib “RBK” xabar berdi. Eng ko‘p kasallanish holati 13-iyulda qayd etilgan. Shu kuni 6537 kishida koronavirus aniqlangan.

So‘nggi sutkada kasallanish holati mamlakatning barcha hududlarida aniqlangan. Ularning 1557 nafari (24,2 foizi)da kasallikning klinik belgilari kuzatilmagan. Kasallanish holatining sutkalik o‘sish surati 0,6 foizni tashkil etgan.

Tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi sutkada aniqlangan kasallanish holatlarining eng ko‘pi Moskva shahri (970 kishi), Moskva (215 kishi), Sankt-Peterburg (208) va Rostov (183) viloyatlarida qayd etilgan.

Rossiyada pandemiya boshlanganidan buyon 1 122 241 kishida COVID-19 qayd etilgan. Ularning 19 799 nafari vafot etgan, 923 nafardan ortig‘i sog‘aygan.

“Rospotrebnadzor” ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusni aniqlash bo‘yicha so‘nggi sutkada 291 mingta,  umumiy hisobda esa 43,6 millionta laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilgan.

Mavzuga doir: Rossiyada koronavirusga qarshi uchinchi vaksinani sinovdan o‘tkazishga ruxsat berildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют