» » Rio-de-Janeyrogi karnaval koronavirus sababli keyinga qoldirildi

Rio-de-Janeyrogi karnaval koronavirus sababli keyinga qoldirildi


Koronavirus pandemiyasi sababli Rio-de-Janeyro Samba maktablarining mustaqil ligasi 2021-yil fevral oyida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan an’anaviy karnaval yurishlarini keyinga qoldirishga qaror qildi. Bu haqda assotsiatsiya rahbari Xorxe Kastaneyro ma’lum qildi, deya xabar berdi “RBK”.

“Shuncha noaniqlik, ilm-fan sohasidagi ushbu beqarorlik tufayli, fevralda vaksina bo‘ladimi yoki yo‘qligini bilish imkoni yo‘qligi sabab biz tadbirni keyinga qoldirish kerak degan xulosaga keldik”, – dedi Kastaneyro.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2021-yilda bo‘lib o‘tadigan karnavalning aniq sanalari haqida gapirishga hali erta. Shu bilan birga, u ba’zi prognozlarga ko‘ra, aprel oyidan boshlab karnaval uchun xavfsiz sharoitlar mavjud bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Lekin Braziliya hukumati koronavirus tarqalish xavfiga qaramay 2020-yil fevral oyida bo‘lib o‘tadigan karnavalni bekor qilishni rad etdi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Braziliya COVID-19 kasalligiga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Epidemiya boshlanganidan beri u yerda 4,6 milliondan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan. Ulardan 139 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Avvalroq Braziliya prezidenti mamlakat koronavirusni yengganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 14:38)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют