» » O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Ziyorat turizmi haftaligi” koronavirus sababli qoldirildi

O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Ziyorat turizmi haftaligi” koronavirus sababli qoldirildi


O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan 12—16-mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Ziyorat turizmi haftaligi” dunyo bo?‘ylab koronavirus tarqalishi sababli keyinga qoldirildi. Bu haqda qo‘mita tomonidan xabar berildi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining ta’kidlashicha, bugungi kunga qadar mamlakat hududida koronavirus bilan kasallanganlar aniqlanmagan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus bilan bog‘liq epidemik xavf jahon miqyosida jiddiy tus olayotganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Alisher Shodmonov O‘zbekistonda koronavirusni yashirish imkonsizligini aytdi

Infeksiyaning mintaqalararo tarqalib borayotgani munosabati bilan dunyoning ko‘plab mamlakatlari tomonidan karantin va fuqarolarning harakatlanishi bo‘yicha cheklovlar joriy etildi, deyiladi qo‘mita xabarida. Shuningdek, infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida dunyo bo‘ylab yirik tadbirlar kechroq muddatga qoldirilmoqda.

Qo‘mita tomonidan ta’kidlanishicha, “Ziyorat turizmi haftaligi” o‘tkaziladigan sana aniq bo‘lishi bilan bu haqda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Avvalroq koronavirus sababli Toshkentda 23—25-aprel kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Tashkent Law Spring II xalqaro yuridik forumi keyinga qoldirildi. Shuningdek, birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi koronavirus sababli 2020-yilning kuziga qoldirilgan edi. O‘zbekistonda xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari vaqtincha to‘xtatildi.

Mavzuga doir: Koronavirusni deb jahon bo‘ylab qaysi tadbirlar bekor qilindi yoki boshqa sanaga qoldirildi? Ro‘yxat

Virus sababli Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chirilgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati noma’lum muddatga qoldirildi. Bundan tashqari, koronavirus sabab dzyudo bo‘yicha barcha xalqaro musobaqalar may oyigacha bekor qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 123) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют