» » Koronavirus sabab Saudiya Arabistonidagi sport tadbirlari tomoshabinlarsiz o‘tadi

Koronavirus sabab Saudiya Arabistonidagi sport tadbirlari tomoshabinlarsiz o‘tadi


Saudi Gazette’ning xabar qilishicha, Saudiya Arabistonidagi barcha sport musobaqalari tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi. Shu orqali hukumat epidemiyaning mamlakat bo‘ylab tarqalishini oldini olmoqchi.

Ta’kidlanishicha, Saudiya Arabistonida virus bilan zararlanganlar soni besh nafarga yetgan.

Mavzuga doir:

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 101 ming kishidan oshib ketdi. Kasallik oqibatida 3,4 ming odam vafot etgan, ularning 3 mingdan ortig‘i Xitoy hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Dunyo bo‘ylab koronavirus aniqlangan mamlakatlar soni 80 dan oshib ketdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning yozda butunlay yo‘q bo‘lib ketishi haqidagi xabarlar yolg‘onligini ma’lum qildi. 6-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati aniqlangani yo‘q. Mamlakatning u yoki bu joyida u yoki bu odam koronavirus gumoni bilan kasalxonaga yotqizilgani haqida tarqalgan xabarlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan rad etib kelinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют