» » Kolumbiya va Kosta-Rikada birinchi marta koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi

Kolumbiya va Kosta-Rikada birinchi marta koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi


Kolumbiya va Kosta-Rikada birinchi marta yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish holati qayd etildi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Kolumbiyada koronavirus Milandan kelgan 19 yoshli qizda aniqlangan. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining aytishicha, Kolumbiya kasallik paydo bo‘lishiga sakkiz hafta tayyorgarlik ko‘rgan va endilikda uni to‘xtatish fazasi boshlangan.

Kosta-Rikada esa koronavirus 49 yoshli AQSh fuqarosida aniqlangan. U mamlakatga turmush o‘rtog‘i bilan 1-mart kuni Nyu-Yorkdan uchib kelgan. Taxminlarga ko‘ra, u AQShdaligidayoq kasallikni yuqtirib olgan.

Mavzuga doir: 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 101 ming kishidan oshib ketdi. Kasallik oqibatida 3,4 ming odam vafot etgan, ularning 3 mingdan ortig‘i Xitoy hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Dunyo bo‘ylab koronavirus aniqlangan mamlakatlar soni 80 dan oshib ketdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning yozda butunlay yo‘q bo‘lib ketishi haqidagi xabarlar yolg‘onligini ma’lum qildi. 6-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati aniqlangani yo‘q. Mamlakatning u yoki bu joyida u yoki bu odam koronavirus gumoni bilan kasalxonaga yotqizilgani haqida tarqalgan xabarlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan rad etib kelinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 133) ( 0) ( 133) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют