» » Bollivud aktyorlari Shoxruh va Salmon Xon o‘rtasidagi uzoq yillik adovatga nima sabab bo‘lgan?

Bollivud aktyorlari Shoxruh va Salmon Xon o‘rtasidagi uzoq yillik adovatga nima sabab bo‘lgan?


Bollivud qiroli deb ta’rif beriladigan Shoxruh Xon kinosanoatga qadam qo‘yganida Salmon Xon allaqachon muxlislar e’tiborini qozongan bo‘lgan. Ular birgalikda suratga tushgan “Karan va Arjun” filmi esa tomoshabinlar qalbidan joy olgan. Bir vaqtlar apoq-chapoq bo‘lgan ijodkorlar bora-bora teskari bo‘lib ketgan.

Aktyorlar avvallari yaxshi munosabatda bo‘lgan, birgalikda loyihalarda ham ishtirok etgan. “Hayotda hamma narsa bo‘ladi”, “Zor, intizor” filmlarida birgalikda suratga tushgan.

2000-yillarning boshida Shoxruh Xon, “Qirol Xon” deb e’tirof etila boshlagan bir vaqtda Salmon Xon ijodida ko‘tarilish va omadsizliklar kuzatilgan. Shuningdek, Ayshvariya bilan munosabatlari tugagani ham uning karyerasiga ta’sir qilmay qolmagan.

2000-yilda Shoxruh Xon va Ayshvariya “Jo‘shqinlik” filmida keyinroq esa “Devdas” filmida suratga tushgan. Bu Salmon Xonni g‘azablantirgan chunki u sevgilisi Ayshvariya bilan birga suratga tushishni va Bollivudning eng oldi juftligi bo‘lishni istagan, ammo kinostudiyalardan bunday taklif kelib tushmagan. Salmon Xon va Ayshvariya birgalikda suratga tushgan filmlar unchalik muvaffaqiyatga uchramagani sabab, kinosanoat vakillarini mazkur juftlik qiziqtirmagan.

Qolaversa, “Yo‘l-yo‘lakay” filmi bilan bo‘lgan hodisa sabab boshqa rejissorlar ham Salmon va Ayshvariyani birga rol ijro qilish uchun taklif qilmagan. Aslida mazkur filmda bosh qahramon uchun Ayshvariya taklif qilingan bo‘lgan. Lekin munosabatlariga barham bergani uchun Salmon Xon suratga olish maydonchasiga kelib to‘palon qilgan va aktrisani o‘zi bilan olib ketgan, shu bois bosh rol uchun Rani Mukerji taklif qilingan.

Shundan keyin Ayshvariya sobiq sevgilisi haqida bergan intervyusi e’lon qilingan. Unda, aktyor uning karyerasi orqaga ketishiga sababchi bo‘lgani, do‘q-po‘pisa qilgani ta’kidlangan.

Bu vaqtda Bollivud qiroli Red Chillies prodyusserlik markazini ochgan, yangi loyihalarda ishtirok etgan va asosiysi hech qanday ko‘ngilsiz hodisa va janjallarga aralashmagan.

Bir necha yil davomida aktyorlar o‘rtasidagi munosabat neytral bo‘lgan. Ammo 2008-yilda Katrina Kaifning tug‘ilgan kunida ular yoqalashib ketgan. Salmon Xon tashabbusi bilan bo‘lgan janjal bir necha yil davomida sariq matbuot uchun mavzu bo‘lgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 14:53)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют