» » “Milan” qaytmoqda. Ibragimovich jamoadoshlari 16 ta o‘yindan beri yutqazmayapti

“Milan” qaytmoqda. Ibragimovich jamoadoshlari 16 ta o‘yindan beri yutqazmayapti


“Milan” Yevropa Ligasi 3-saralash bosqichi doirasida “Bude-Glimt” klubini 3:2 hisobida mag‘lub etdi va keyingi bosqichga chiqdi.

Bu milanliklar uchun o‘tgan mavsumdagi bahslarni ham hisobga olganda mag‘lubiyatsiz 16-o‘yin bo‘ldi. “Rossonerilar” bu vaqt davomida 12 ta bahsda g‘alaba qozondi, 4 ta o‘yinda esa durang o‘ynadi.

So‘nggi bor Zlatan Ibragimovich jamoadoshlari 2020-yil martida (koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan tanaffusdan oldin) A Seriya doirasida “Jenoa”ga 1:2 hisobida yutqazgandi.

“Milan” A Seriyaning navbatdagi turida “Krotone”ga qarshi maydonga tushadi. Yevropa Ligasining navbatdagi bosqichida esa klub Portugaliyaning “Riu Ave” klubiga qarshi o‘ynaydi. Mazkur bahs 1-oktabrga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovichda koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 15:08)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 117) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют