» » Chaqaloqlar va homiladorlarni grippga qarshi emlash mumkinmi? O‘zbekistonlik mutaxassis javobi

Chaqaloqlar va homiladorlarni grippga qarshi emlash mumkinmi? O‘zbekistonlik mutaxassis javobi


Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurillayeva chaqaloqlarga va homiladorlik davridagi ayollarga grippga qarshi vaksina qilish masalasiga aniqlik kiritib o‘tdi.

“6 oylikdan kichik bolalarga grippga qarshi vaksina qo‘llanilmaydi. Ammo ushbu yoshdagi bolalarda boshqa yoshdagi bolalarga nisbatan gripp asoratlari xavfi yuqori hisoblanadi. Bu yoshdagi bolalarni himoyalashning eng samarali usuli bu bolaning oila a’zolarini kasallikka qarshi emlash hisoblanadi”,— deydi mutaxassis.

Shuningdek, Nurillayeva homiladorlik davrida homila rivojlanishidagi o‘zgarishlar grippga qarshi emlash bilan bog‘liq emasligi, aksincha bu gripp kasalligi bilan bog‘liq bo‘lishini ta’kidladi. Faollashtirilmagan vaksinalar bilan grippga qarshi emlash homiladorlikni rejalashtirish jarayonida, bundan tashqari homiladorlikning ma’lum muddatlarida amalga oshirilishi mumkinligi aytildi. Ushbu muddatni shifokor akusher-ginekolog belgilaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq koronavirusga chalingan ahvoli og‘ir yoki o‘ta og‘ir homiladorlar muddatiga qaramay tug‘dirilishi kerakligi, homiladorlarning isitmasi ko‘tarilsa, u COVID-19 bilan kasallangan yoki kasallanmaganidan qat’i nazar statsionarga yuborilishi shartligi, O‘zbekistonda tug‘ruqxonaga kelayotgan homilador ayollardan test topshirib kelish talab etilmasligi, koronavirusga chalingan homilador ayollar uchun qanday sharoitlar yaratilgani, Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, professor Habibullo Oqilov emizikli onalar koronavirusga chalingan bo‘lsa, farzandini qanday emizishi borasida aniqlik kiritib o‘tgani haqidagi xabarlar ham berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 17:38)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют