» » O‘zbekistonda grippga qarshi vaksina kimlarga tavsiya etilmasligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda grippga qarshi vaksina kimlarga tavsiya etilmasligi ma’lum qilindi


Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva grippga qarshi vaksina olish mumkin bo‘lmagan holatlar va СOVID-19 oqibatida pnevmoniyaga chalinib tuzalganlarga uni olish mumkinligi borasida ma’lumot bergan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston koronavirusga qarshi emlash dasturiga qo‘shildi

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, quyidagi kasalliklar guruhiga kiruvchilarni grippga qarshi vaksina bilan emlash mumkin emas:

Shuningdek, COVID-19 bilan kasallanib tuzalgan bemorlarga grippga qarshi vaksina qilish mumkinligi aytildi. Bunday bemorlar pnevmoniyani o‘tkazgan bo‘lsada, hozirgi kunda salomatliklari yaxshi bo‘lsa, shifokorga yoki emlash markazlariga murojaat qilib o‘z salomatliklarini o‘rgangan holda kuz-qish mavsumida grippning keladigan shtammlaridan ma’lum darajada himoyalanishi mumkin. Vaksina grippdan to‘liq himoya qilmasa ham, kasallikning yengil kechishiga yordam berishi ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, grippga qarshi vaksina ushbu kasallikning har yili uchrashi mumkin bo‘lgan shtammlariga qarshi ishlab chiqiladi va yilda bir marta emlash o‘tkaziladi. Vaksina inson organizmiga kirganida aynan grippning shu shtammlariga qarshi immunitet hosil qilishga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova grippga qarshi vaksina olish darajasining ortishi kuz—qish mavsumida aholi orasida nafas yo‘li kasalliklari va COVID-19 pandemiyasi paytida sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘layotgan zo‘riqishni kamaytirishini bildirgani, O‘zbekistonda 1 milliondan ortiq kontingent grippga qarshi bepul emlanishi, gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi hukumatga taqdim etilgani, sentabr oyidan emlash ishlari boshlanishi haqida ham xabarlar berilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 16:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют