» » Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi: COVID-19 gripp mavsumida xavfliroq bo‘ladi

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi: COVID-19 gripp mavsumida xavfliroq bo‘ladi


Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova grippga qarshi vaksina olish darajasining ortishi kuz—qish mavsumida aholi orasida nafas yo‘li kasalliklari va COVID-19 pandemiyasi paytida sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘layotgan zo‘riqishni kamaytirishi bildirdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 1 milliondan ortiq kontingent grippga qarshi bepul emlanadi

“COVID-19 gripp mavsumida, ya’ni kuz—qish faslida xavfliroq bo‘ladi, shuning uchun grippga qarshi vaksina qabul qilish hozirgi davrda har qachongidan ham muhimroq. Bu majburiy vaksinatsiya emas, lekin biz buni olishni tavsiya etamiz”,— deydi Abdusamatova.

Shuningdek, mutaxassis kuz—qish faslida respirator infeksiyalar ko‘p uchrashi immun tizimini pasaytirishi, bemor ushbu davrda koronavirus yuqtirib olsa, og‘ir kechishi mumkinligini bildirgan. COVID-19 va gripp o‘zaro o‘xshash belgilarga ega bo‘lib, yoshi katta insonlar, yurak va o‘pka hastaliklari kabi surunkali kasalliklarga chalinganlar uchun qattiq ta’sir qilishi mumkin.

Grippga qarshi vaksina odamlarni COVID-19’dan himoya qilmasligi, biroq u gripp rivojlanish xavfini kamaytirishi, u bilan bog‘liq asoratlar, jumladan, kasalxonaga joylashtirilish va hatto o‘lim xavfini kamaytirishi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Avvalroq O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, epidemiolog Rustam Ikromov aholini gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi hukumatga taqdim etilgani, agar reja tasdiqlansa, sentabr oyidan emlash ishlari boshlanishini bildirgan edi.

Bundan tashqari, Yunusobod tumanidagi 50-oilaviy poliklinika bosh shifokori Shoira Abdusattorova tuman hokimi rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tuman aholisining kamida 70 foizini grippga qarshi ommaviy emlashga kelishib olinganini ma’lum qilgan edi. Uning aytishicha, 2018 va 2019-yillarda Yunusobodda aholining faqat bir foizi grippga qarshi emlangan. Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibullo Oqilov esa grippga qarshi mavsumiy emlanishning koronavirusga hech qanday aloqasi yo‘qligi va agar emlash vaqtida biror qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa, odatiy tartibda qilinishi mumkinligini aytgan. 

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют