» » Profilaktika inspektorlariga xizmat hududida uy-joy beriladi

Profilaktika inspektorlariga xizmat hududida uy-joy beriladi


2017–2018-yillarda profilaktika inspektorlarini xizmat hududida uy-joy bilan ta’minlash dasturi O‘zbekiston Prezidentining 20-apreldagi qarori bilan tasdiqlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Yaqin ikki yil ichida respublikaning barcha mintaqalarida profilaktika inspektorlari 1327 xizmat kvartiralari hamda 3829 xizmat uylari bilan ta’minlanadi.

Mahalliy hokimiyat vakillari uy-joy fondini o‘z tasarrufidagi, ikkilamchi bozorda sotib olingan yoki yer uchastkalariga almashtirib olingan kvartiralar hisobidan shakllantiradi.

Xizmat uylari esa qurilishi rejalashtirilmoqda. Ular bir qavatli, ikki yoki uch xonali, bo‘lib, 0,2 gektar maydonga ega bo‘ladi.

Buyurtmachi “Qishloq qurilish invest”, bosh loyihaviy tashkilot esa “Qishloq qurilish loyiha” bo‘ladi.

Inspektorlarni xizmat uylari bilan ta’minlash mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Xizmat uylari qurilishiga davlat budjeti mablag‘lari jalb etiladi.

Опубликовано: admin (1-05-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 113) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют