» » Rio Paralimpiyasi orqali tanilgan o‘zbekistonlik olti suzuvchi Britaniyada 9 ta medal yutib oldi

Rio Paralimpiyasi orqali tanilgan o‘zbekistonlik olti suzuvchi Britaniyada 9 ta medal yutib oldi


Rio—2016 Paralimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan o‘zbekistonlik suzuvchilar 27—30-aprel kunlari Buyuk Britaniyaning Sheffild shahrida o‘tgan xalqaro turnirda ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bu haqda Milliy Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Jahon seriyasi turkumiga kiruvchi xalqaro musobaqada 45 davlatning 575 nafar sportchisi ishtirok etdi. Bunda O‘zbekiston delegatsiya safidagi sportchilar 6 nafarni tashkil qildi. Ular jami 9 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi: 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza.

Dmitriy Xorlin 200 metrga kompleks usulida suzishda 2 daqiqa-yu 16.14 soniyalik natija qayd etdi. U 400 metrga erkin suzishda 04:11.41, 100 metrga batterflyay usulida suzishda 00:59.21 natijalarni ko‘rsatdi. Bu ko‘rsatkichlar Dmitriy Xorlinga har uch usulda ham oltin medallarni taqdim etdi.

Muzaffar Tursunxo‘jayev esa avvaliga 50, keyin esa 100 metrga erkin suzishda 2 ta kumush medal sohibi bo‘ldi.

Paralimpiya o‘yinlarida qahramonlik ko‘rsatgan ayol sportchilar — Shohsanam Toshpo‘latova va Fotima Amilova ham Britaniyadan sovrindor bo‘lib qaytdi. Bunda Toshpo‘latova uchta medalga ega chiqdi. Sportchi 50 metrga erkin usulda suzishda uchinchi natija ko‘rsatdi va bronza medali bilan cheklandi. 200 metrga kompleks hamda 100 metrga batterflyay suzishda esa kumush medallarga ega chiqdi.

Fotima Amilova 100 metrga brass usulida suzib, yakunda bronza medali sohibasi bo‘ldi.

Опубликовано: admin (2-05-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют