» » Qirg‘izistonda har 40 daqiqada kelin o‘g‘irlanadi (video)

Qirg‘izistonda har 40 daqiqada kelin o‘g‘irlanadi (video)


In the NOW global raqamli platformasi “Kelinlarni o‘g‘irlash — 21 asrning daxshatli voqeligi” nomi ostida videofilmni taqdim etdi, deb xabar berdi “Knews.kg”.

Ta’kidlanishicha, kelinlarni o‘g‘irlash 17 mamlakatida, biroq asosan Markaziy Osiyo va Rossiyaning ba’zi hududlarida amalga oshiriladi. Qirg‘izistonda har 40 daqiqada kelin o‘g‘irlanadi.

Human Rights tashkilotining huquq-tartibot xodimi Oygul Alimqulovning qayd etishicha, bunga doimo odamlarning katta guruhi aybdor.

“Bunda bir nechta yosh yigitlar, uning hamda qizning oilasi ishtirok etadi. Shuningdek, qishloqning obro‘li kishilari va, afsuski, diniy arboblar ham qatnashadi”, — dedi Oygul.

Videoda kelin o‘g‘irlashning qo‘rqinchli kadrlari, ko‘zlari yoshga to‘la kelinlar, shuningdek, qizning kelinlik ramzi bo‘lgan oq ko‘ylakni yechishga samarasiz urinishi va jazavaga tushganlari namoyish etilgan.

“Qirg‘izlarning mentaliteti shunday: turmushga chiqdingmi — ortga yo‘l yo‘q, kuyov xunuk bo‘lsa ham, King-Kong bo‘lsa ham”, — deya o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi film qahramonlaridan biri.

Kelin o‘g‘irlash qonunga zid bo‘lishiga qaramay, ushbu muammoni bartaraf etishga ko‘plab jinoiy ishlar va sudlar bo‘yicha oqilona qaror qabul qilinmaganligi to‘sqinlik qilmoqda. Ba’zi qizlar uchun birgina yo‘l — o‘z joniga qasd qilish qolmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-05-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют