» » AQSh harbiylari yil oxiriga qadar Afg‘onistonni IShIDdan ozod qilishni rejalashtirmoqda

AQSh harbiylari yil oxiriga qadar Afg‘onistonni IShIDdan ozod qilishni rejalashtirmoqda


AQSh joriy yilning oxiriga qadar Afg‘onistonning barcha hududlarini IShID jangarilaridan ozod qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQSh qurolli kuchlarining Afg‘onistondagi vakili Bill Salvin bayonot berdi, deb xabar qiladi “Kommersant.ru”.

“Biz ularni 2017-yilda yo‘q qilishning ajoyib imkoniyatiga egamiz. Bu bilan biz IShID jangarilari dunyoning boshqa hududlarida ham yo‘q qilinishini, Afg‘oniston hujum tashkil qilish uchun keladigan joy emasligini ko‘rsatib qo‘yamiz”, — uning so‘zlarini keltiradi AFP.

Salvinning ta’kidlashicha, ilgari mintaqada IShID jangarilari soni 2,5–3 ming kishi edi, ammo bugungi kunda to‘qnashuvlardagi yo‘qotishlar hamda dezertirlik tufayli ularning soni 800 kishini tashkil etmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (2-05-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют